So’nggi yangiliklar

00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  9 00:09"Эспаньол" — "Барселона". Таркиблар маълум  6 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2

Sahob Jo'raev faoliyatini yakunladi Yangiliklar

Sahob Jo'raev faoliyatini yakunladi

Teglar :  Sahob Jo'raev
O'zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

O'zbekiston milliy terma jamoasida 23ta o'yin o'tkazgan himoyachi bu yil boshida "Oq-tepa" klubida paydo bo'lgandi. Biroq tez orada futbolchi va klub shartnomani bekor qilishdi. SHundan so'ng Sahob Jo'raev butsalarini mixga ilishga qaror qildi.

Futbolchi oliy ligada "Lokomotiv", "Bunyodkor" va "Olmaliq" kabi klublarda faoliyat olib bordi. Sahob Jo'raev 6 marta O'zbekiston chempioni, 5 marta O'zbekiston kubogi sohibi, 2 bor O'zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi.

- Hozirgi paytga kelib futboldan ancha yiroqlashib ketganman. O'zimning shaxsiy kichikroq biznesim bor. SHular bilan shug'ullanib yuribman. Menda futbolga bo'lgan qiziqish qolmadi. To'g'risini aytsam oxirgi 3-4 yilda o'zbek futbolining saviyasi pastladi va bu holat menga ham tasir qildi. Inson hamisha o'z ishidan rohatlanishi kerak to'g'rimi? Men esa nimagadir futbol o'ynab bunday tuyg'uni sezmay qo'ydim.

Endi "Bunyodkor" orqali murabbiylikka o'qimoqchiman. Nasib qilsa bolalarga bu sport turini o'rgatmoqchiman. Agar murabbiylik licenziyasiga ega bo'lganimdan keyin "Bunyodkor" ish taklif qilsa shu erda ishlayman, bo'lmasa boshqa klubda faoliyat olib boraman, - deydi Sahob Jo'raev "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика