So’nggi yangiliklar

20:24Марказий Осиё. Биринчи даврадан кейин чемпионатларда вазият қандай?  0 20:00"Ал Иттиҳод" Франция терма жамоаси аъзосини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 19:45Родриго Мбаппенинг "Реал"га ўтиши ҳақида: "Дунёнинг энг буюк клубига хуш келибсан!"  0 19:22Меньян, Уокер, Салиба, Мусиала ва 6 испан — Евро-2024 рамзий терма жамоаси   3 19:00Магуайр Саутгейтнинг Англия термасидан кетиши ҳақида: "Раҳмат, босс. Сиз яна ўз кучимизга ишонишимизга мажбур қила олдингиз. Хотиралар мангу қолади"  3 18:41Килиан Мбаппе: "Реал"дек буюк тарихга эга клубга муносиб бўлишга ҳаракат қиламан. Бу клуб ва эмблема учун жонимни беришга тайёрман"  14 18:13Эмерсоннинг "Тоттенхэм"дан "Милан"га трансфери барбод бўлиши мумкин  0 17:55"Олдимда Эрон, БАА ва Кувайт клубларидан таклифлар мавжуд" — Ризо Яздандўст  2 17:40"Тоттенхэм" Галлахерни ўз сафида кўрмоқчи  1 17:14Эшитдик-да! "Бунёдкор" икки нафар футболчи билан хайрлашади. Улардан бири "Локомотив"га ўтмоқда  5 16:30Лукаку "Наполи"га ўтишга яқин  2 16:04"Атлетико" Альварес трансфери устида ишламоқда  3 15:39Месси терма жамоадаги шерикларига қулоқчинлар совға қилди  10 15:08Хайр, Саутгейт! Англия терма жамоаси устози ишдан бўшатилди  16 14:52Испания қироли миллий терма жамоани Евро-2024даги ғалаба билан табриклади  0

Safonov ketishi kerak, lekin PSJga emas... Yangiliklar

Safonov ketishi kerak, lekin PSJga emas...

Transfer ajoyib bo'lardi, agar... Agarda Donnarumma klubdan ketganida.


Donnarumma bor ekan, Safonov zaxirada o'tiradi

Matvey va Janluijji tengqur — har ikkisi 1999 yilda tavallud topgan. SHunday ekan bu vaziyat "Real" golkiperi Luninnikidan farq qiladi. Ukrainalik darvozabon rossiyalik va italiyalik hamkasbi bilan bir yilda tavallud topgan, ammo Kurtua ulardan etti yoshga katta. Bu esa Andreyga o'ylab ko'rishga, o'z imkoniyatini kutishga vaqt beradi. Endi Donnarumma va Safonov raqobatini tasavvur qilib ko'raylik. Matvey mavsumda Franciya Kubogida olti uchrashuvda va ECHL pley-off bosqichi start olganida chempionatning unchalik kerak emas o'yinlarida maydonga tushadi. PSJ – Safonov faoliyatini davom ettirishi uchun yomon variant.

Parijliklar darvozabonlari ko'p ham omadi chopavermaydi. Evropa chempioni Donnarumma Franciyadagi uyiga hujum uyushtirilganidan keyin Italiya qaytib ketish haqida o'ylab qolgandi. O'shanda sportchi va sevimlisini bog'lab qo'yishgan, darvozabonning boshiga pistolet tirab, Alessiyani qiynash bilan qo'rqitishgandi. Italiyaliklar qattiq depressiyaga tushishgan, lekin jismonan jabr ko'rishmagan. 

PSJning futboldagi omadsizliklari ham Donnarummani chetlab o'tmadi. Bu safar ham CHempionlar Ligasi finaliga chiqa olishmadi, vaholanki, ikki yil avval Janluijji ECHLda g'olib bo'lish, francuz klubi bilan shartnomani uzaytirishda asosiy motivaciya, deb atagandi. Italiyalikning amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan. PSJning uchinchi kiperi Riko bilan bo'lib o'tgan baxtsiz voqea ham yodingizda bo'lsa kerak.

Ot minishni yaxshi ko'ruvchi ispaniyalik aynan shu xobbisi sababli bosh suyagi va miyyasidan jiddiy jarohat orttirib oldi. Serxioni suniy komaga tushirishdi va oyoqqa turguncha Riko 20 kilogramm vazn yo'qotdi. Natijada, shu yilning aprel oyidagina mashg'ulotlarga qayta oldi. Keylor Navas ketishi haqida tobora gaplar ko'payib bormoqda va agar Luis Enrike hamyurtini Safonovdan kuchliroq deb topsa, Matvey PSJda uchinchi darvozabonga aylanadi. Soddaroq qilib aytsak, Donnarumma PSJda hali uzoq qolmoqchi bo'lsa, Parijga borgandan mano yo'qdek.


"Krasnodar" futbolchilarini sotishni bilmaydi 

Qiziq holat, do'konlar tarmog'i egasi futbolchilarini sotishni bilmadi. Sergey Galickiy klubning iqtidorlari uchun ehtimoliy yangi klublar bilan muzokaralarda unchalik faol bo'lmadi. "Krasnodar"ning eng qimmat sotilgan futbolchilari ro'yxatiga bir nazar tashlang. Fedor Smolo "Lokomotiv"ga 9 mln evroga tushgan. Hujumchining o'zi keyinroq bu transferga rozi bo'lganidan va o'shanda kuchliroq ligaga yo'l olmaganidan afsuslanishini aytib o'tgan.

Yura Movsisyan Bundesliga yoki La Ligaga ketmadi va "Spartak"da qisqa vaqt to'p tepdi. O'zbekiston terma jamoasining sobiq sardori Odil Axmedovni ham Evropaning kuchli chempionati emas, Xitoyga sotishdi. Bunday misollar etarlicha, ko'plab futbolchilar sport formasining eng yuqori cho'qqisiga chiqqanida klub TOP-5 chempionatdan xaridor topa olmadi.

"Krasnodar" iqtidorli futbolchilari uchun yangi jamoa topishni bilmaydi va shu sabab Spercyan, CHernikov va Safonovning kelajagidan tashvishlanishimiz mumkin. 

Aytishlaricha, Safonovni 20 mln evro evaziga sotib olish fikri Luis Kampushdan chiqqan. Bunga sabab esa Keylor Navas jamoadan ketmoqda. Navasning PSJda ketmoni butkul uchmaganini alohida gapirishga ham hojat yo'q, nazarimizda. Kampush ham klubi uchun chinakamiga omadli transferlarni topishda avvalgichalik omadli ish olib borolmayapti.

 

Bu vaziyatda Safonov ikki o't orasida qolib ketayotgandek. Bir tomonda futbolchilarini sota olmaydigan "Krasnodar", ikkinchi tomonda Kampush... Luis uchun Matvey portfoliosidagi yana bir yosh iqtidorli futbolchi xaridi sifatida "plyus".

Donnarummaning agenti "monstr" Rayola edi, Minoning vafotidan keyin esa ishlarni uning jiyani davom ettirmoqda. Safonovning agenti esa PSJ tomonidan bo'layotgan chinakam qiziqishdan foydalanib, asosiy tarkibi uchun yosh kiper kerak bo'lgan klublarni o'ziga qarata oladigan xalqaro tajribaga va obro'ga ega mutaxassis emas. "Real"da Kurtua qaytsa, yana zaxiraga o'tirish deyarli aniq bo'lgan Lunin uchun qiziqarli variantlar paydo bo'layotgan bir pallada, Matvey "Bayer"da o'ynab ketgan ikkinchi Lunyov bo'lib qolishi hech gap emas.


"Safonov orqasiga qaramay, TOP-5ga qochishi kerak"

Bu so'zlar Arshavinga tegishli. Rossiya terma jamoasi azosiga CHempionlar Ligasi ishtirokchisi qiziqish bildirsa, bu ketish uchun etarli sabab. Misol uchun Zaxaryan "Real Sosedad"ga yo'l oldi va dastlabki mavsum bir maromda o'tmagan bo'lsa ham, murabbiylar shtabi Arsenning iqtidori va salohiyatiga ishonadi. Yosh hujumkor xavbek esa o'z imkoniyatini kutish uchun hali vaqti bor.

25 yoshli Safonov jiddiy jamoaning asosiy tarkibida o'ynashi kerak. "Zenit" taklif qilgan pullarni rad etib, ECHLsiz o'tib ketishi mumkin bo'lgan faoliyati uchun to'g'ri qaror qabul qildi. Agarda oradan bir oy o'tib, "Yuventus" Donnarummani Italiyaga qaytarmoqchi" degan xabarlar paydo bo'lsa, Safonovning transferi chinakamiga omadli bo'lardi. Buning uchun Motta yoki "keksa sinora"ning yangi murabbiyi kim bo'lsa ham, Janluijjida Buffonning o'rinbosari bo'lish ishtiyoqini paydo qila olishi zarur. 

Qolgan deyarli barcha scenariylarda Safonov yutqazadi. RPLning rasmiy statistik malumotlariga ko'ra, Safonov qaytarilgan zarbalar bo'yicha etakchi – 99 va bu borada foiz ko'rsatkichida ham eng yaxshi – 79%. 

To'g'ri, Evropadan bo'lgan qiziqishga "labbay" deb javob berish yaxshi, lekin Safonovning holatida o'sha yangi klubda qancha o'yin amaliyotiga ega bo'lishini ham etiborsiz qoldirmagan maqul edi.


Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

Reyting: -4   

Fikrlar

   
25 may 06:53:30
Nodirhon
Менга умуман кизик эмас
   
24 may 21:54:08
Барселона. Арсенал. Пахтакор.
Нега бу дарвозабон хакидаги хабарлар хар куни тез тез чикябди. Кимгадур кизикми
   
24 may 21:52:52
BOBIRBEK_URINOV
Айнан ПСЖга бориши керак Донаруммани урнини эгаллаши учун хам!!! Маколанг узинга ёкдими урток.........
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика