Sadio Mane ketma-ket 5 mavsumdan beri APLda 10 tadan kam gol urmayapti
31 jan 2019 08:40
Yangiliklar


Sadio Mane ketma-ket 5 mavsumdan beri APLda 10 tadan kam gol urmayapti
“Liverpul” kecha APL 24-turida “Lester” bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi.
“Mersisaydliklar” tarkibidagi yagona golga Sadio Mane mualliflik qildi. Bu Mane uchun APL joriy mavsumidagi o'ninchi gol bo'ldi. Mane ketma-ket 5 ta (Ikki mavsum “Sautgempton”, uch mavsum “Liverpul”da) mavsumdan beri APLda kamida 10 ta gol urishning uddasidan chiqmoqda.
Manening APLdagi eng yaxshi natijasi esa 2016/17 yilgi mavsumda qayd etilgan. O'shanda futbolchi 13 ta gol urgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar