​Sadio Mane ketma-ket 5 mavsumdan beri APLda 10 tadan kam gol urmayapti

31 yanv 2019, 08:40
“Liverpul” kecha APL 24-turida “Lester” bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi.

“Mersisaydliklar” tarkibidagi yagona golga Sadio Mane mualliflik qildi. Bu Mane uchun APL joriy mavsumidagi o'ninchi gol bo'ldi. Mane ketma-ket 5 ta (Ikki mavsum “Sautgempton”, uch mavsum “Liverpul”da) mavsumdan beri APLda kamida 10 ta gol urishning uddasidan chiqmoqda.

Manening APLdagi eng yaxshi natijasi esa 2016/17 yilgi mavsumda qayd etilgan. O'shanda futbolchi 13 ta gol urgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sports.ru