So’nggi yangiliklar

08:00Sofascore. Жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолган Алиқулов кечаги учрашувда нечи баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:28Винисиусни қўлга киритиш учун саудияликлар "Реал"га дахшатли таклиф юборишга тайёр  3 01:27Туркия. Ҳусниддин Алиқулов гол уриб, жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  3 01:15"Барселона" Гампер Кубогида йирик мағлубиятга учради  7 00:33"Ланс" ҳимоячисига "Ювентус" ва "Аталанта" қизиқиш билдирмоқда  0 23:55Миржалол Қосимов: "Натижадан қониқдим, аммо жамоам намойиш этган ўйин мени ҳурсанд қилмади. Очколарни кузда санаймиз"  12 23:52Жамшид Саидов: "Биргина хато қимматга тушди"   1 23:09Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда устунликка эришган бўлсак ҳам, тўп рақиб дарвозасига кирмади"   2 22:43Сергей Лушчан: "Рақибимиз ўйин давомида иккита зарба берди ва иккита гол урди. ОКМК бугун ҳақли равишда ғалаба қозонди"  13 22:40Гампер Кубоги. "Барселона" таркиби маълум  6 22:22"Сурхон" - "Қизилқум" 1:0  2 21:29ОКМК - "Навбаҳор" 2:1  3 21:27"Реал" Суперкубок учун қайдномани эълон қилди  6 21:05Суперлига. "Сурхон" кичик ҳисобда "Қизилқум"дан устун келди  15 21:05Суперлига. ОКМК сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  115

Sabri Lyamushi: "O'tgan o'yinda omadimiz chopgandi, bu safar ham g'alabani ko'zlaganmiz" Yangiliklar

Sabri Lyamushi: "O'tgan o'yinda omadimiz chopgandi, bu safar ham g'alabani ko'zlaganmiz"

OCHL 4-tur doirasidagi "Nasaf" - "Al Jayish" uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Sabri Lyamushi ishtirok etdi.


"Bizni iliq qarshi olganliklaringiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Qatardagi o'yinda har ikkala jamoa uchun oson bo'lmagan bahs kechgandi. Dastlabki o'yinda bizga omad kulib boqqani bois uch ochkoni qo'lga kiritgandik. Biz raqibni qanday kuchga ekanligidan xabardormiz. Ertangi bellashuvda biz futboldan zavq olishga va g'alabani qo'lga kiritishga harakat qilamiz. Tarkibdagi barcha futbolchilar va murabbiylar shtabi ushbu to'qnashuvga to'liq shay holatda. Bizni qiziqarli o'yin kutib turibdi. Ro'ziqul Berdiev yaxshi jamoani shakllantirgan. Uning o'yin falsafasi menga yoqdi", - deya o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi Sabri Lyamushi.


- Sardor Rashidov terma ixtiyoridan to'g'ri Qarshiga keldi. "Al Jayish"ning so'nggi o'yinida va mashg'ulotlarda ishtirok etmadi. Bu jihat ertangi o'yinda uni asosiy tarkibga kirishiga to'sqinlik qilmaydimi?

- Sardor Rashidov terma jamoaga ketish oldidan "Ar Rayyan"ga qarshi o'yinni ham kichik jarohati sabab o'tkazib yuborgandi. Ammo ushbu futbolchimiz O'zbekiston terma jamoasi safida ikkala o'yinda ham maydonga tushdi va yaxshi harakat qildi. Bahrayn bilan uchrashuvda esa gol urishga ham muvaffaq bo'ldi. O'ylashimcha, Rashidov yaxshi sport formasida. Bugungi mashg'ulotlardan so'ng yakuniy qarorni qabul qilaman. Menimcha, uni maydonga tusha olmasligiga hech qanday sabab kelib chiqmaydi.

- Ribeyro jamoa bilan birga Qarshiga kelmadi. Buning sababi nimada?

- Ribeyroning shaxsiy muammolari chiqib qoldi. SHu bois u biz birga Qarshiga kela olmadi.

- "Al Jayish" safida yuqori darajadagi futbolchilar ko'p bo'lishiga qaramay jamoa qarshi hujumlarga tayanib o'ynaydi. Nega aynan shu uslubni tanlagansiz?

- Kuni kecha "Barselona"ga qarshi juda kuchli tarkibga ega bo'lgan "Real" ham qarshi hujumlar orqali o'ynaydi. Bu bilan barcha jamoa o'z kuchidan kelib chiqib taktika tanlaydi demoqchiman.

- Internet saytlarida Sardor Rashidovning yozda evropa jamoalariga yo'l olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan. Bundan xabardormisiz?

- Qaerga yo'l olyapti Rashidov? "Barselona" yoki "Real"gami? Menimcha, Rashidov evropa jamoalarida to'p surishga qodir va uning darajasi bunga mos tushadi. Uning iqtidori kuchli. Rashidov jamoamiz uchun ancha foydali futbolchi va har doim o'z mehnati orqali g'alabalarimizga o'z hissasini qo'shishga harakat qiladi.


Abdurahmon Issa: Kuchli jamoalarga qarshi bahs doimo qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo'ladi. Murabbiylarimiz va shifokorlarimiz bizni har tomonlama yaxshi tayyorlashdi. Lyamushi aytganidek, Dohadagi bellashuvda omadimiz kelgani bois g'alabani qo'lga kiritgandik. Ertangi uchrashuvda ham g'alaba qozonib guruhdan chiqish masalasini hal etmoqchimiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика