Saad Ali Al SHehri: “Biz ekstra-taymga tayyorlanayotgan edik”
22 jan 2020 17:55
Yangiliklar
Saad Ali Al SHehri: “Biz ekstra-taymga tayyorlanayotgan edik”
“Hozir hayajondan biror gap kelmayapti. 24 yildan beri Olimpiada yo'llanmasini kutayotgan edik. Bu bilan butun jamoamni tabriklayman. Saudiya Arabistoni futbolda Osiyodagi eng kuchli jamoa bo'lib qaytmoqda”, – dedi Saad Ali Al SHehri.
– Tokio Olimpiadasiga yo'llanma olinganining o'zi jamoani qoniqtiradimi?
– Bu biz uchun birinchi qadam edi. Endi final uchun tayyorlanamiz. Uzoq yildan beri finalda o'ynamadik. SHunday ekan, bor etiborimizni endi g'alaba qozonishga qaratamiz.
– Agar uchrashuv so'ngida gol ura olmaganingizda ham shunday o'ynashda davom etarmidingiz?
– O'zbekiston musobaqaning amaldagi g'olibi. Bu jamoada juda ko'p mahoratli o'yinchilar yig'ilgan. Biz ekstra-taymga ham sekin tayyorlanayotgan edik. Omad yakunda biz tomonda bo'ldi. O'zbekistonga keyingi uchrashuvda omad tilayman.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar