So’nggi yangiliklar

13:46"Реал" Чемпионлар Лигасида "Бенфика"дан мағлубиятга учраса, Арбелоани истеъфога чиқариши мумкин  0 13:07Кейн "Барселона"нинг қизиқиши ҳақида: "Мен буни мақтов сифатида қабул қиламан"  0 12:22Мбаппе "Реал"ни "Бавария" ярим ҳимоячисини сотиб олишга чақирмоқда  2 11:58Роналду: "Саудия Арабистонида бахтлиман, шу ерда қолишни истайман"  1 11:20"Бавария" Бруну Фернандешнинг трансфери бўйича қарор қабул қилди  1 10:51Жаҳон чемпиони "Ал Насср"га ўтишни истамоқда  3 10:26"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчиси учун 75 миллион евро тўлашга тайёр  1 10:02Кечаги учрашувда дубл қайд этган Роналду нималар деди?  2 09:37"Каттақўрғон" "Флуминенсе" U20 жамоаси аъзоси билан билан шартнома имзолади  4 09:11"Осасуна"дан мағлуб бўлган Арбелоа баҳс якунидан сўнг нималар деди?  14 08:43Милнер АПЛ рекордини ўрнатди  3 08:17Навбатдаги муҳим ғалабадан сўнг Гвардиола нималар деди?  3 07:52Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида 3 таликга киради"  26 07:30Ла Лига. "Осасуна" — "Реал Мадрид" 2:1  15 07:25Sofascore. 45 дақиқа майдонда ҳаракат қилган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3

"SA" "Klassiko" oldidan. Kamoliddin Alimov: "Bugun gollar yomg'irini ko'rmaymiz" Yangiliklar

"SA" "Klassiko" oldidan. Kamoliddin Alimov: "Bugun gollar yomg'irini ko'rmaymiz"

Bugun "El Klassiko". Tungi soat 01:00da bo'lib o'tadigan Ispaniya CHempionatining markaziy uchrashuvi oldidan "SA" ijodkorlarining fikrlari bilan sizlarni tanishtirishga qaror qildik.
Ijodiy guruhga ikkita savol bilan murojaat qildik:

1. "Klassiko"dan nimalarni kutyapsiz?
2. Bugungi o'yin qanday natija bilan nihoyasiga etadi deb o'ylaysiz va nima uchun?

Kamoliddin Alimov

1. "Klassiko" o'z nomi bilan "Klassiko". Bunday maqomdagi o'yinlardan shiddat, tezkorlik, shedevr gollarni... xullas, futbolga oid sanat namunalarini kutish mumkin. Soat tungi 01.00da boshlanadigan o'yinni kutgan vaqtingizga aslo achinmaysiz.

Klublar to'qnashuvi o'z yo'liga. Messi - Ronaldu qarama-qarshiligi ham futbol ishqibozlarining diqqat markazida bo'ladi. Tabir joiz bo'lsa, bugun dunyo futboli muxlislari ikkiga ajralishadi. Bu galgi "El Klassiko" ham ko'p jihati bilan birinchi navbatda jamoalarning o'zlari uchun ahamiyatli bo'ladi. Agar bugun "Real" g'alaba qozonsa, ikki asosiy raqibining biridan 7 ochkoga o'zib ketadi.

Mabodo, mag'lubiyatga uchrasa, o'rtadagi tafovut bir ochkogacha qisqaradi. Aynan shu holat o'yinga bo'lgan qiziqishni yanada oshiradi.



2. Birinchi savoldagi fikrimning mantiqiy davomi sifatida bugungi oqshomdan o'rin olgan o'yin "Barselona"ga olti ochko uchun kechadi, degan bo'lardim. Bunday o'yinlarda bashoratlar o'zini unchalik oqlamaydi. Bir qarasangiz "Klassiko"ga xos bo'lmagan yirik hisob qayd etiladi, bazan darvozalar daxlsiz qoladi. Lekin bugun yirik hisob qayd etilmasa kerak.

Yulduzlar ijrosidagi gollar yomg'irini ko'rmaymiz, chog'i. Bu mening shaxsiy fikrim. Ikkala jamoa ham bugungi o'yinga yuqori kayfiyatda etib keldi. Ayniqsa, "Barsa" futbolchilarining Premerodagi yirik g'alaba va CHempionlar Ligasidagi "Siti" ustidan qozonilgan muvaffaqiyatdan so'ng kayfiyatlari alo darajada. "Real" ham bu ikki musobaqada zafar quchdi.

Ammo, "Real"dan biroz farqli ravishda Xerardo Martino shogirdlari joriy mavsumda bir tekis o'yin namoyish etishmayapti. Autsayderlar bilan bo'lgan uchrashuvlarda mag'lubiyatga uchrab, qimmatli ochkolarni boy berib qo'yishdi. Meni "Barselona"ning muxlisi sifatida aynan shu narsa biroz havotirga solyapti.

"Real"ning esa bu boradagi ishlari joyida. Karlo Anchelotti o'z ishini bir tekis davom ettiryapti. Lekin "El Klassiko"da hammasi narsa bo'lishi mumkin. SHunday ekan, tungi 01.00 ni intizorlik bilan kutamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика