“SA” 3 yoshda!
02 dek 2013 11:00
Yangiliklar


“SA” 3 yoshda!
Boisi, saytga yaqin-yaqindan kirayotganlar qancha, saytning dastlabki o'quvchilari qancha?
2010 yilning noyabr oyida faoliyatini boshlagan saytimiz, 2 dekabr uni o'zining rasmiy ish faoliyatini boshladi. Bu ham bizning bir baxtimiz, qishda mavsum yakuniga etgan bo'ladi, hamma futbolchilarimiz bo'sh bo'ladilar. SHuning uchun mana qatorasiga ikkinchi yil muxlis va futbolchilar o'rtasidagi qiziqarli bahsga guvohi bo'lyapsiz.
Kechagi tadbir uchun futbolchilarni yig'ish qiyin bo'lgani yo'q. Bir kun avval “Bunyodkor”ga oltin medallarni topshirish marosimidayoq, katta sahnada “SA”ni 3 yoshga to'lgani bilan tantanali tarzda tabriklashganining o'ziyoq, jamoamiz qilayotgan ishlardan ko'pchilik minnatdor bo'layotganligiga amin bo'ldim. Bu xis tuyg'ularni bir so'z bilan tariflash qiyin. SHu kunlar davomida saytning tug'ilgan kuni haqidagi xabarlardan so'ng ko'cha kuyda ko'pchilikdan iliq gaplarni eshita turib, “SA” jamoasidan faxrlandim. 2010 yilda “SA”ni oyoqqa turishida Narzulla Saydullaev va Behzod Nazarovlarning xizmati katta bo'ldi. U paytlar Narzulla 3 kurs talabasi edi. Ammo uquv va aytilgan vazifani o'z paytida bexato bajara olishi bilan, bugun ko'pchlikning hurmatiga sazovor bo'ldi. Behzod Nazarov haqida gapirib o'tirmayman. Uning taxlillari barchangizga maqul kelib kelmoqda. “SA”da asosan yoshlarga katta etibor qaratdik. Islombek Rustambekov, Humoyun Dovurov, Tolibjon Qosimov, Abror Qodirov va mana endi Omonjon To'xtamirzaev. Yoshlardan kimdan bilim oladi, albatta kattalardan. Yoshlarning tarbiyasida o'zim uchun ustozdek qadrdon kishilarga aylangan Xayrullo Xoliqov va Baxtiyor SHirinov kabi o'zbek futbolining eng oldi jurnalistlarining yordamlari katta bo'ldi. Miraziz Murodovning tarjimalarini ("SAF") barchangiz o'qiyapsiz. Kamoliddin Alimovni “SA”da faoliyat boshlash arafasida turganligi esa, ko'pchilik uchun quvonchli xabar bo'lsa kerak. Xorijda faoliyat yuritayotgan legionerlarimiz bilan doimiy aloqaga ega bu jurnalistdan, 2014 yil “syurpriz” bor.
Dangasa bo'lsada, yosh tasvirchimiz Ilhom Raxmatovdan tez kunlarda yangi-yangi loyihalarni kutishingiz mumkin. Bundesliga borasidagi prevyu va xabarlarni sifatini oshishida bosh rolni ijro etayotgan Zoxir Akramxonov. Bort ortida “SA” yo'lida xizmat qilayotgan, Gayrat, Artyom, Kamila, Amal, Marat va Leonid kabi aka va ukalarga katta rahmat aytaman. Jizzaxda Umid Raimjonov MTJ o'yinlarida ancha faol tarzda bizga yordam beradilar. Xayrullo Vasievning ham chiqishlari chakki emas. Saytimizning rus tilidagi bo'limida Timur Nizaev o'z maqolalari bilan ishtirok etyaptilar. Axborot hamkorimiz, “Futbol Ekspress” gazetasi rahbari SHukrullo Ishoqov va uning jamoasi – Boburbek Tursunov, Abdulhafiz Abdulaziz o'g'liga katta rahmat. Andijonlik do'stimiz SHuhratbek Jo'raevning intervyulari ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otib kelyapti. Oliy ligani yoritishda yordam beradigan hamkorlarimiz, Farg'onadan Ibrohim aka. Bekoboddan esa Ismoiljon Mamarasulov, Gulistondagi Enver Gafarov va Xorazmdan Ikrom Xudayberganov. Azim Buxorodan Aziz Salihovga katta rahmat.
O'z maslahatlari bilan doimo bizga to'g'ri yo'l ko'rsatib kelayotgan ustoz, Mirzahakim aka To'xtamirzaevga tashakkur! O'FF matbuot xizmati boshlig'i Sanjarbek Rizaev doimiy murojatlarimizga “labbay”, - deya javob beradilar. Qolaversa Baxtiyor Mametovdek do'stimiz bor. Hasan Pirmuhammedovni esa katta hafrlar bilan yozaman, HASAN! Do'st va aka. U kishidan bundan ortig'ini talab qilish adolatsizlik bo'lsa kerak. O'FF tasvirchisi Jamoliddin Bobojonov, Ulug'bek Mirzaev va SHukrullaev. Hech kim bilmaydigan axborotlar bilan transfer bozorida faol bo'lgan Ilhom (familiyasini yozmayman, aks holda undan axborotni berkitishadi) akadan ham o'quvchilarimiz minnatdorlar. “Bunyodkor” va “Nasaf” matbuot kotiblari Bahodir Mirzaev va Aziz Nuriy. “Dinamo”dan Usmon Ibodov, “Lokomotiv” vakillari Mamur Mamadaliev hamda Otabek Eshmamatov. “Qizilqum”dan esa Erkin Xolbobo.
Menimcha “SA”ning yutug'i, ajoyib jamoaga ega ekanligi. Bu hammasi emas, eng odobli o'quvchilar ham aynan bizda ekanligi bilan faxrlanamiz. Siz biz bilan bo'ling, biz endi ish boshladik, endi 3 yoshga to'ldik. Jamoamizning ahilligiga ko'z tegmasin, saytimiz o'quvchilariga oilaviy baxt va sixat salomatlik tilaymiz. Futbol bu o'yin va unda biz dushman emas, do'st bo'lishimiz kerak. Kecha bu narsaga yanada ko'proq amin bo'ldim. Bor bo'ling, aziz o'quvchilar!
Nodirxo'ja Yuldashev.

Fikrlar