Ryudiger: "CHelsi"da qolish - mening eng yaxshi qarorim"
31 may 2021 08:38
Yangiliklar
Ryudiger: "CHelsi"da qolish - mening eng yaxshi qarorim"
"CHelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger qishda jamoadan ketmaganidan xursand.
Nemis futbolchisi Frenk Lempardning qo'l ostida o'zini yaxshi his qila olmadi, ammo murabbiylik kursisidagi o'zgarish "ko'klar"ni tubdan o'zgartirib yubordi.
"Bu futbolchilik faoliyatimdagi eng yaxshi kun. Keyinchalik nima bo'ladi, bilmadimu, ammo hech qachon Portuni unutmayman. Men o'zim bilan "CHelsi"da bo'lgan vaziyatdan xursandman.
Ortga qarab shuni aytishim mumkinki, bu mening eng yaxshi qarorim. Hozirda o'z formamni "CHelsi"dan Evro-2020ga o'tkazishga urinmoqdaman", - deydi Ryudiger.
Fikrlar