Ruy Koshta "Benfika" prezidentiga aylandi
10 okt 2021 20:55
Yangiliklar
Ruy Koshta "Benfika" prezidentiga aylandi
"Milan" sobiq xavbeki Ruy Koshta Lissabonning "Benfika" klubi prezidenti etib saylandi, deb xabar berdi klub rasmiy sayti.
Afsonaviy portugaliyalik 84,48% ovoz olib, g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, Koshta iyul oyida firibgarlik va pul yuvishda gumonlanib hibsga olingan Luish Filipe Vieyraning o'rniga vaqtinchalik "Benfika" prezidenti etib tayinlangan edi.
Fikrlar