So’nggi yangiliklar

08:4538 ёшли Рамос янги жамоасида қайси рақамда ўйнайди?  0 08:15Расман: "Бунёдкор" хорватиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 07:31Дилшод Жўраев: "Хоразм"нинг Суперлигада ўйнашига охиригача ишонгандик"  0 03:20Испания Кубоги. "Барселона" чорак финалда қийинчилик кўрмади, Торрес собиқ жамоасини аямади  63 02:57"Ливерпуль" катта қийинчиликсиз Англия Лига Кубоги финалига йўл олди  5 02:32А Серия. "Интер" қолдирилган ўйинда йирик ҳисобда ютқазди  2 00:56Моуринью футбол тарихидаги энг зўр уч футболчи номини айтди  27 00:21Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" Карим Бенземанинг 90+6-дақиқадаги голи эвазига ғалабага эришди  1 23:54"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисига А Серия клублари даъвогар  0 23:25ЕЧЛ форматида яна ўзгариш бўлиши мумкин  2 22:55Жозе Фонте: "Роналду мингта гол ура олади"  3 22:29Назорат ўйини. "Бухоро" Қозоғистон жамоасини ишончли ҳисобда доғда қолдирди  4 21:59ЎФА "Нефтчи", "Навбаҳор" ва "Сўғдиёна"га қарзларни бартараф қилиши учун муддат белгилади  5 21:23Назорат ўйини. "Сурхон" Сербия клуби дарвозасига 4та гол урди  10 21:05Назорат ўйини. "Навбаҳор" Хитой жамоасидан устун келди  4

"Rux"dagi qisqa faoliyati, bosh murabbiy bilan munosabati va keyingi rejalari haqida Bobir Abdixoliqov bilan intervyu Yangiliklar

"Rux"dagi qisqa faoliyati, bosh murabbiy bilan munosabati va keyingi rejalari haqida Bobir Abdixoliqov bilan intervyu

O'zbekistonlik hujumchi Bobir Abdixoliqov 20 fevral kuni Ukrainaning "Rux" klubi bilan shartnoma tuzgandi.

Ukrainada mavsum yakuniga etdi, biroq Abdixoliqov "Rux" klubi asosiy tarkibida umuman maydonga tushmadi. Ayni paytda O'zbekistonga qaytib kelgan hujumchi championat.asia saytiga eksklyuziv intervyu berdi.

- "Rux" klubi haqida gapirib bering. U erda sizni qanday kutib olishdi, sharoitlar qanday edi?

- "Rux" jamoasi o'z tarixida birinchi marta Ukraina premer-ligasida ishtirok etdi. Endi shakllanib borayotgan jamoa hisoblanadi. Lekin yaratilgan sharoitlar bo'yicha MDHda etakchilardan biri deb bemalol ayta olaman. Klubda akademiyaga juda katta etibor qaratilgan. Yaqinda "Rux" "Manchester Siti" klubiga egalik qiluvchi City Football Group kompaniyasi bilan hamkorlik qilishni boshladi. Bu ham bekorga emas.




- Ilk bor legioner sifatida o'ynadingiz, biroq "Rux" asosiy tarkibida bironta bahsda ishtirok etmadingiz. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Albatta birinchi marta yurtimdan uzoqda, legioner sifatida faoliyat olib bordim. Moslashishda baribir ozgina qiyinchiliklar bo'ldi. Ularni engib o'tishga harakat qildim. Legioner sifatida o'ynash uchun birinchi navbatda futbolchilar bilan til topishib ketishga harakat qilishi kerak. Menda futbolchilar bilan hech qanday muammo bo'lmadi, bundan tashqari klub bosh direktori va sport direktori tezroq moslashib ketishimga yordam berishadi. Afsuski bosh murabbiy bilan til topisha olmadim. Balki bu "Rux" ligada qolish uchun kurashgani va o'zi bilgan 12-13 nafar futbolchiga ishongani uchun shunday bo'lgandir. Etibor qilsangiz zaxiradan 5 nafar futbolchi tushishi mumkin, biroq bizda 2 yoki 3 futbolchi almashardi xolos. Albatta futbolchi sifatida o'zimda ham ayb bo'lsa kerak, biroq mashg'ulotlarda bor kuchim bilan ishladim. U-21 murabbiyi menga ishondi va bu jamoa safida bir qator o'yinlarda gollar urdim. Murabbiy bilan nima uchun menga ozgina bo'lsa ham imkoniyat bermayotgani haqida gaplashmoqchi bo'ldim, biroq negadir o'z qarorini tushuntirishga ham urinmadi, faqat salom-alik bo'lardi xolos. Har bir futbolchi murabbiy bilan til topishib ketishi lozim, klubdan yoki men, yoki bosh murabbiy ketishi kerak edi. Murabbiy klubda qoldi va men rahbariyati bilan kelishgan holda o'rtadagi shartnomani bekor qildik. Klub prezidenti va bosh direktori mening qolishimni xohlashdi, biroq keyinroq mening holatimni tushunishdi hamda omad tilashdi. Zaxirada o'tirib oylik olib yuraverishni istamadim.

- Ukraina va O'zbekiston futboli o'rtasida qanday farqlarni sezdingiz?

- Ukrainada ko'proq jismoniy holatga etibor berilar ekan. Jismoniy baquvvat futbolchilarimiz bemalol Ukrainada o'ynab keta olishadi deb o'ylayman. Faqat "SHaxtyor" va "Dinamo" texnik, zamonaviy futbol o'ynashga harakat qiladi. Qolgan klublar esa yopiq, himoyaviy o'yin ko'rsatar ekan. Ukraina chempionati ayni paytda MDHda eng kuchlisi desak bo'ladi. Yakunlanayotgan mavsumda Ukraina klublari evrokubokda MDHda eng ko'p ochko to'plashdi.


 


- Ayni paytda erkin agentman dedingiz, keyingi maqsadingiz qanday?

- Xudo xohlasa xorijdagi faoliyatimni davom ettirmoqchiman. Maqsadim baribir Evropa klublaridan birida o'ynash. Bir hafta davomida uyda xordiq chiqaraman va variantlardan eng maqulini tanlayman. Qishki transfer oynasidan farqli ravishda yozda varinatlarni ko'rib chiqishga ko'proq vaqt bo'ladi. So'nggi turdan keyin Ukrainaning o'zidan ham takliflar bo'ldi, biroq agar Ukrainaning boshqa klubiga o'tsam, shartnomamni hech qanday tovon pulisiz bekor qilishga rozi bo'lgan "Rux"ga nisbatan hurmatsizlik bo'lar edi. SHu bois Evropaning boshqa davlatlaridan variantlarga etibor qilaman.


Nig'monxo'ja Nozimov suhbatlashdi

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика