So’nggi yangiliklar

00:25"Челси" Семеньони трансферидан воз кечди  0 00:10Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" (матнли трансляция)  25 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  1 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5

Rustam Umarov: "Osiyo chempionati qurasi menga yoqdi" Yangiliklar

Rustam Umarov: "Osiyo chempionati qurasi menga yoqdi"

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni Rustam Umarov Osiyo chempionatiga qura tashlangach o'z fikrlarini bildirdi.

"Qura menga yoqdi. Guruhimiz yaxshi. Asosiy raqiblarimiz Yaponiya bo'ladi. Ashxoboddagi musobaqada ushbu jamoaning yoshlarini mag'lub etgandik. Lekin milliy terma jamoasi juda kuchli. Qolgan raqiblarni ham unutmaslik kerak. Guruhda birinchi o'rinni olishimiz kerak. Biz uchun yaxshi tomoni chorak finalga chiqsak "A" guruhidagi jamoalarga qarshi o'ynaymiz. Bu erda u qadar kuchli jamoalar yo'q.

Bizning tarkibimiz anchayin katta o'zgarishlarga duch keldi. Bizga oson bo'lmaydi. Osiyo chempionatiga kimlarni olib ketishni murabbiylar hal qilishadi. 18 dekabrdan Yangi yil bayramiga qadar Toshkentda yig'in o'tkazamiz. Yanvar oyida to'liq fevral oyi boshiga qadar osiyo chempionatiga hozirlik ko'ramiz", - deydi Rustam Umarov.  

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi "B" guruhida Yaponiya, Tojikiston va Janubiy Koreya bilan o'ynaydi. Malumot uchun, futzal bo'yicha Osiyo chempionati–2018 musobaqasi 1–11 fevral kunlari bo'lib o'tadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика