U-22 Osiyo chempionati-2013. Antirekordchi O'zbekiston, golni nishonlashda jarohatlangan murabbiy, ISHIDga qiyoslangan Saudiya Arabistoni hamda chilim chekish tufayli shifokorsiz qolgan jamoa to'g'risida hikoya qilamiz
07 apr 04:00
Yangiliklar
U-22 Osiyo chempionati-2013. Antirekordchi O'zbekiston, golni nishonlashda jarohatlangan murabbiy, ISHIDga qiyoslangan Saudiya Arabistoni hamda chilim chekish tufayli shifokorsiz qolgan jamoa to'g'risida hikoya qilamiz
Mazkur turnir ilk marotaba 22 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida o'tkazilgan va Osiyo chempionati deb nomlangan.
Dastlabki musobaqaga mezbonlik huquqi O'mmonga taqdim etildi. Turnirni qabul qilishga Tailand ham davogarlik qilgandi. CHempionat 2013 yilning 23 iyunidan 7 iyuliga qadar tashkil etilishi kerak edi, biroq SHarqiy Osiyo kubogi tufayli 2014 yilga qoldirildi va yanvarning 11–26 sanalarida o'tkazildi.
Saralash bosqichida 41 jamoa ishtirok etdi, final bosqichiga esa 16 mamlakat termasi yo'l oldi.
"A" guruhida Iordaniya va Janubiy Koreya terma jamoalari chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Mezbon O'mon hamda Myanma guruh bosqichidayoq ishtirokini yakunladi.
"B" guruhida Suriya va Birlashgan Arab Amirliklari keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qildi. SHimoliy Koreya va Yaman esa 3 va 4-o'rinlarni bo'lishib oldi.
"C" guruhida Avstraliya va Yaponiya peshqadamga aylandi. Eron va Kuvayt esa musobaqa bilan xayrlashdi.
"D" guruhida esa Iroq va Saudiya Arabistoni pley-offga chiqishdi. O'zbekiston uch ochko bilan 3-o'rinni egallagan bo'lsa, Xitoy birorta ochko qo'lga kirita olmasdan so'nggi pog'onada qolib ketdi.
2013 yil yakunida O'zbekiston Olimpiya terma jamoasiga SHuhrat Maqsudov bosh murabbiy etib tayinlandi.
Musobaqa avvalidagi matbuot anjumanida mutaxassis quyidagi fikrlarni bildirdi:
"Bir hafta Toshkentda, Dubayda besh kun shug'ullandik. Uchta o'rtoqlik o'yini o'tkazdik. Yaxshi, mazmunli o'yinlar ko'rsatishni, musobaqaning 26 yanvardagi o'yinida ham maydonga tushishni maqsad qilganmiz. Terma jamoaning yarmidan ko'p futbolchisi Turkiyadagi jahon chempionatida qatnashgan. Ulardan umidimiz katta. Ummondagi musobaqalar yosh futbolchilarimiz uchun yaxshi tajriba maktabi bo'ladi deb ishonamiz".
O'zbekiston U-22 terma jamoasining musobaqa uchun qaydnomasi
Darvozabonlar: 1.Akmal Tursunboev ("Paxtakor"), 12.Asilbek Amonov ("Paxtakor"), 21.Abdumavlon Abdujalilov ("Paxtakor").
Himoyachilar: 2.Egor Krimec ("Paxtakor"), 3.Sardor Rahmonov ("Lokomotiv"), 5.Akbar Ismatullaev ("Paxtakor"), 7.Vladimir Kozak ("Paxtakor"), 13.Davron Hoshimov ("Paxtakor"), 14.Bobur Yo'ldoshev ("Lokomotiv"), 15.Javlon Mirabdullaev ("Bunyodkor"), 16.Tohir SHamsiddinov ("Paxtakor"), 18.Maksimilian Fomin ("Paxtakor").
Yarim himoyachilar: 4.Dilshod Jo'raev "(Bunyodkor"), 6.Abbos Maxstaliev ("Paxtakor"), 8.Sardor Sobirxo'jaev ("Bunyodkor"), 9.Sardor Mirzaev ("Lokomotiv"), 10.Jamshid Iskanderov ("Paxtakor"), 19.Diyor To'ropov (OKMK), 20.Muhsinjon Ubaydullaev ("Paxtakor"), 23.Sardor Rashidov ("Bunyodkor").
Hujumchilar: 11.Temirxo'ja Abduxoliqov ("Paxtakor"), 17.Igor Sergeev ("Paxtakor"), 22.Abdulaziz Yusupov ("Paxtakor").
Bosh murabbiy: SHuhrat Maqsudov.
Xitoyga qarshi musobaqaning dastlabki o'yinida O'zbekiston U-22'ning uch o'yinchisi diskvalifikaciya sabab maydonga tusha olmadi. Davronbek Hoshimov U-22 saralashining Iordaniyaga (1:3) qarshi so'nggi o'yinida qizil, Temurxo'ja Abduxoliqov U-22 saralashining Yaman (1:1) va Iordaniyaga (1:3) qarshi o'yinlarida sariq kartochkalar olgandi. SHuningdek, Tohirjon SHamshitdinov U-20 JCH-2013'ning Franciyaga (0:4) qarshi chorak final o'yinida maydondan chetlatilgandi. SHunga qaramay, "oq bo'rilar" irodali g'alabaga erishdi.
1-tur
O'zbekiston — Xitoy 2:1
Gollar: Egor Krimec (90+2), Igor Sergeev (90+4) — Yang CHao SHeng (35)
O'zbekiston: 1.Akmal Tursunboev, 2.Egor Krimec, 4.Dilshod Jo'raev, 6.Abbos Maxstaliev, 7.Vladimir Kozak, 8.Sardor Sobirxo'jaev (9.Sardor Mirzaev, 55), 10.Jamshid Iskanderov, 14.Bobur Yo'ldoshev, 17.Igor Sergeev, 18.Maksimilian Fomin, 23.Sardor Rashidov.
Darvoqe, O'zbekiston — Xitoy uchrashuvini bor-yo'g'i 80 nafar muxlis stadiondan tomosha qilgan va bu ko'rsatkich tashrif bo'yicha ushbu musobaqadagi eng yomon hisoblangan.
Umuman olganda, O'mondagi turnir tomoshabinlar tashrifi bilan maqtana olmagan. Masalan, final o'yinini Maskatdagi stadiondan 4700 kishi bevosita kuzatgan.
SHuhrat Maqsudov: "Har qanday murabbiy har bir uchrashuvda g'alaba qozonishni xohlaydi. Bugungidek g'alabani esa faqat orzu qilish mumkin. Bugungi o'yin murabbiylik faoliyatimdagi ilk rasmiy uchrashuv bo'ldi. Unda shunday g'alaba qayd etilganidan baxtiyorman. Bugun shogirdlarim o'z kuchlarini, xarakterlarini, irodalarini ko'rsata olishdi. Buning uchun ularga rahmat aytaman. Musobaqadagi birinchi o'yin hayajoni o'zgacha bo'ladi. O'ylashimcha, bugun shu narsa futbolchilarimizga oz bo'lsa-da tasir qildi. O'yindagi xatoliklar ham hayajon tasiri, deb o'ylayman. Xatolar ustidan ishlaymiz, keyingi o'yinlarda yaxshiroq harakat qilamiz. Raqibga qarshi taktika tanlashdan avval raqib haqida bilish kerak. Biz esa hozircha Iroq haqida deyarli hech narsa bilmaymiz. Iroqqa qarshi qanday taktika tanlash masalasida uning Saudiyaga qarshi o'yinini ko'rganimizdan so'ng xulosa qilamiz".
2-tur
Iroq — O'zbekiston 2:1
Gollar: Marvan Husayn (10), Mustafo Nadim (38) — Jamshid Iskanderov (64)
O'zbekiston: 1.Akmal Tursunboev, 3.Sardor Rahmonov, 5.Akbar Ismatullaev (4.Dilshod Jo'raev, 46), 6.Abbos Maxstaliev (23.Sardor Rashidov, 56), 9.Sardor Mirzaev, 10.Jamshid Iskanderov, 11.Temirxo'ja Abduxoliqov, 13.Davron Hoshimov, 14.Bobur Yo'ldoshev, 15.Javlon Mirabdullaev, 19.Diyor To'ropov (17.Igor Sergeev, 77).
SHuhrat Maqsudov: "Bugun jamoamizga biroz omad etishmadi. Alamli mag'lubiyatga uchradik. Ikki xato darvozamizga gol urilishiga sabab bo'ldi. Musobaqaga qisqa vaqt tayyorgarlik ko'rganmiz, yanada qisqa vaqt ichida esa ketma-ket muhim o'yinlar o'tkazishimiz kerak. Bunday sharoitda futbolchilarning jismoniy holatini maromida ushlab turish qiyin, shuning uchun ham tarkibda o'zgarishlar qildik. Bugun maydonga tushgan barcha futbolchilar yaxshi harakat qilishdi, ularning o'yiniga etirozim yo'q. Iroqning birinchi va bugungi o'yini o'rtasida farq ko'rmadim. Musobaqadagi birinchi o'yinda biroz ehtiyotkor o'ynagan bo'lishi mumkin. Iroqning aksariyat o'yinchilari Turkiyadagi JCH-2013da yarim finalida o'ynagan. Bir so'z bilan – Iroq juda kuchli jamoa. Osiyo CHempionatidagi har bir jamoa kuchli. Biz esa har o'yinda faqat g'alaba maqsadida maydonga tushamiz. Saudiyaga qarshi o'yin ham istisno emas".
3-tur
Saudiya Arabistoni — O'zbekiston 1:0
Gol: Zakariya Sami (60)
O'zbekiston: 1.Akmal Tursunboev, 2.Egor Krimec, 4.Dilshod Jo'raev (22.Abdulaziz Yusupov, 84), 6.Abbos Maxstaliev, 7.Vladimir Kozak, 9.Sardor Mirzaev, 10.Jamshid Iskanderov, 13.Davron Hoshimov, 17.Igor Sergeev, 18.Maksimilian Fomin, 23.Sardor Rashidov (11.Temirxo'ja Abduxoliqov, 59).
SHuhrat Maqsudov: "Bitta gol o'yin taqdirini hal qildi. Bizga esa, keyingi bosqichga chiqish uchun bitta gol etmadi. Alamli mag'lubiyat bo'ldi. Biroq yigitlarimiz bor kuchlari bilan harakat qilishdi, ularga rahmat aytaman. Vazifamiz – himoyada bexato o'ynab, vaziyatlardan foydalanish edi. Omadimiz kelmadi. Musobaqaga tayyorgarligimiz qisqa bo'ldi, jismonan juda tayyor emasmiz. Lekin yigitlar bor kuchlari bilan o'ynashdi. Musobaqada futbolchilarimiz juda katta ishtiyoq bilan to'p surishdi, bu meni juda xursand qildi. Terma jamoamizning yarmi 1993 yildan keyin tug'ilgan futbolchilardan iborat. Ular uchun yaxshi tajriba bo'ldi".
CHorak finalda Suriya Janubiy Koreyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mazkur o'yinda Suriyaning "g'irrom goli" ijtimoiy tarmoqda muhokamalarga sabab bo'ldi. Uchrashuv yakuni arafasidagi to'xtalish natijasida feyr-pleyga amal qilgan holda suriyaliklar raqibiga to'pni qaytarib berishi kerak edi. Koreyslar darvozaboni tomon kelayotgan to'pga to'satdan Suriya hujumchisi tashlandi va raqib posbonini osonlik bilan aldab o'tib, darvozani ishg'ol qildi. Ammo qoidalarda yozilmagan odobsiz xatti-harakat ham Suriyaga yordam bermadi.
Iordaniya esa Daldumning 84-daqiqada urgan goli evaziga Birlashgan Arab Amirliklarini mag'lub etdi. Bellashuvda shogirdlarining ishonchli o'yinidan to'lqinlanib ketgan Iordaniya bosh murabbiyi Islom Tiabat shogirdining golini nishonlayotgan paytda keskin harakat natijasida jarohat olgan. SHuningdek, Saudiya Arabistoni Avstraliyani 2:1 hisobida taslim etgan bo'lsa, Iroq 1:0 hisobida Yaponiyani engdi.
Yaponiyalik futbolchilar Iroqqa mag'lub bo'lgach, muxlislari qarshisida kechirim so'radi.
Yarim finalda Iroq yana minimal hisobda Janubiy Koreyani mag'lub etgan bo'lsa, Saudiya Arabistoni 3:1 hisobida Iordaniyani dog'da qoldirdi.
Uchinchi o'rin uchun bahs doirasidagi Iordaniya — Janubiy Koreya uchrashuvining asosiy va qo'shimqa bo'limlarida darvozalar ishg'ol qilinmadi. Penaltilar seriyasida esa arablarning omadi keldi.
Musobaqaning hal qiluvchi bellashuvida esa O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olgan ikki raqib — Saudiya Arabistoni va Iroq yoshlari to'qnash kelishdi. Jamoalarning guruh bosqichidagi qarama-qarshiligida Iroq 3:1 hisobida ustun kelgandi. Finalda ham iroqliklar avvalgi bosqichlardagi singari 1:0 hisobida g'alaba qozonib, turnirning ilk g'olibiga aylandi.
Saudiya Arabistoni va Iroq o'rtasidagi qarama-qarshilik nafaqat maydonda, balki undan tashqarida ham haqiqiy to'qnashuvga aylandi. Gap shundaki, final oldidan Iroqning "Al Nahar" gazetasi Saudiya Arabistonini ISHID (terror guruhi)ga qiyoslagan. "Saudi Lord" taxallusiga ega saudiyalik xakker esa mazkur xabarni chop etgan gazeta saytini buzib kirgan va iroqliklarga qarata "Kelasi safar sizlarni tosh davriga qaytaramiz", degan jumla yozib qoldirgan.
Garchand Eron guruh bosqichidayoq ishtirokini yakunlagan bo'lishiga qaramay, jamoa hujumchisi Kaveh Rizoi 5 ta gol bilan musobaqa to'purariga aylandi. Hozirda 31 yoshni qarshi olgan Rizoi Belgiyaning "SHarlerua" klubida to'p tepadi. SHu bilan birga, muvaffaqiyatsizlikka uchragan forslar tarkibida keyinchalik milliy terma jamoa etakchilariga aylangan Alirizo Beiranvand va Mehdi Taremi singari futbolchilar bor edi.
Qolaversa, turnir avvalida Eronda bir qator ichki muammolar paydo bo'ldi. Jumladan, Payam Sadegyan va Muhsin Musulmon jamoa lagerida chilim chekkani uchun qaydnomadan tushirib qoldirildi.
SHuningdek, ularga hamrohlik qilgan menejer, shifokor, tahlilchi, nazorat kabi shaxslarga ham chora ko'rildi. Eron ushbu rasmiylarni OFKdan ro'yxatdan o'tkazib qo'ygani uchun boshqa shifokor yollay olmadi va turnirga shifokorlarsiz, faqatgina ikki nafar fizioterapevt bilan birga yo'l olgan.
Iroq futbolchisi Amjad Kalaf eng yaxshi futbolchi deb topildi. Biroq yulduz bo'lishi kutilayotgan vingerning keyingi faoliyati muvaffaqiyatli bo'lmadi va kutilganidan erta butsalarini mixga ildi.
Kalaf turnir haqidagi taassurotlarini bayon qilish davomida eng murakkab himoya chizig'i Janubiy Koreya, Yaponiya va O'zbekiston terma jamoalarida ekanligini takidladi.
Feyr-pley sovrini esa Janubiy Koreyaga nasib etdi.
Oqil Abdubarnoev tayyorladi.
Fikrlar