So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Rustam Umarov: "Futzalni seving, futzal bilan shug'ullaning" Yangiliklar

Rustam Umarov: "Futzalni seving, futzal bilan shug'ullaning"

28-30 dekabr kunlari O'zbekiston futzal terma jamoasi Toshkentda qisqa muddatli yig'in o'tkazdi.

Ushbu yig'in yakunlangach terma jamoamizning asosiy darvozaboni hisoblangan Rustam Umarov bilan suhbatlashdik.

- Yakuniga etgan yig'in haqida o'z fikrlaringizni bildirsangiz.
- Dekabr oyi o'rtalarida chempionat bahslari tugagani bois orada katta tanaffus yuzaga keldi. Yigitlar sport formasidan chiqib ketmasligi uchun murabbiylar Yangi yil bayrami arafasida qisqa muddatli yig'in tashkil qilishdi. Bu yig'inda asosan jismoniy mashqlarga urg'u berildi. Ertalab yugurish mashqlarini bajardik, kechki payt to'p bilan ishladik. Yig'in anchagina foydali bo'ldi deya olaman.

- Ushbu yig'inda terma jamoamizning asosiy futzalchisi bo'lgan Konstantin Sviridov jarohati bois ishtirok etmadi. Uning jarohati jiddiy emasmi?
- Konstantin Sviridovning jarohati qanchalik jiddiy ekanini bilmayman. Uning belida og'riq borligi tufayli chempionatning oxirgi o'yinlarda ukollar bilan o'ynadi. SHu bois ham murabbiylar unga xordiq olishi uchun imkon yaratib berishdi va bu yig'inga chaqirishmadi. Umid qilamanki Sviridov yanvar oyidagi yig'inda to'liq kuch bilan ishtirok etadi. U jamoamizning muhim azosi hisoblanadi. 



- Osiyo chempionatidagi raqiblarimiz Qirg'iziston va Livanga qarshi oldin ham o'ynagansiz. Ularning o'yini haqida nima deya olasiz?
- Guruhimiz oson deya olmayman. Sababi barcha jamoalar Osiyo chempionatiga o'z oldiga yuqori maqsadlar qo'yib keladi. O'rtada Jahon chempionati yo'llanmasi turibdi. Qirg'iziston juda yaxshi jamoa. Ularga qarshi bir necha bor o'ynaganmiz. G'alabalar doim qiyin qo'lga kiritilardi. Livan ham yaxshi jamoa. Ularning o'yinlarini internet orqali kuzatib boraman. Turli musobaqalardagi o'yinlarini tomosha qilib boraman. Saudiya Arabistoni haqida to'g'risi hech qanday malumotga ega emasman. Biroq yuqorida aytganimdek qita chempionatida kuchsiz raqiblar bo'lmaydi. Biz esa barcha o'yinlarga g'alaba uchun tushib guruhda birinchi o'rinni olishimiz shart.

- Bir necha yillardan buyon terma jamoaning asosiy darvozaboni bo'lib kelayapsiz. Hozirgi darvozabonlar orasida qachondir o'rningizni egallashga munosib bo'lgan posbonlar bormi?
- O'zbekistonda ko'plab yosh darvozabonlar etishib chiqmoqda. "Nafis" klubidagi ikki yosh posbon SHavkat Ibragimov va Ramil Almamedovning kelajagi bor. Bundan tashqari Akmal Xazratqulov chempionatning barcha o'yinlarida o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatdi. Ayni paytda terma jamoada men, Klim Tyugaev va Akmal Xazratqulov o'ynamoqda. Osiyo chempionatida kimni asosiy tarkibda tushirishni bosh murabbiy hal qiladi.

- Kirib kelgan 2016 yilda muxlislarga aytar so'zingiz.
- Barcha muxlislarni, xalqimizni Yangi yil bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Barcha yomonliklar eski yilda qolib ketishini, yangi yilda faqat yaxshilik bo'lishini tilab qolaman. Bizni bu yilda Osiyo chempionati kutib turibdi. Ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasini qo'llab turing. Futzalni seving, futzal bilan shug'ullaning!

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика