So’nggi yangiliklar

10:51Роналду кейинги йилларда "Олтин тўп"га асосий даъвогарлар кимлар бўлишини маълум қилди  0 10:15Бразилия термаси устози ваъда верди  3 09:42ЦСКА голеадор ҳужумчи билан шартнома тузди  1 09:05«Динамо» легионер футболчиси билан шартномани узайтирди  0 08:32Ўзбекистон футзал миллий терма жамоаси Жаҳон чемпионатидаги илк учрашувда оқ либосда майдонга тушади  2 07:56Икки нафар футболчимиз Осиёда ЖЧ-2026 саралаши 2-тур рамзий жамоасидан ўрин олди  2 07:27Суперлига. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  16 01:22Эрик тен Хаг: "Биз жамоани қайта қуряпмиз"  5 00:45"Барселона", ниҳоят, "Боруссия" Д билан ҳисоблашди  4 00:22Эсанов тўп тепадиган "Акрон" машҳур ҳужумчини трансфер қилди  2 23:51Бу қизиқ! Россия термаси "ўйлаб топилган" футболчилар билан тасвирланди  2 23:19"Челси" футболчиси Туркия томон йўл олмоқда  0 22:55"Манчестер Юнайтед" Саутгейтга таклиф билан чиқдими? Гарет жавоб берди  3 22:38Родри: "Бу ақлбовар қилмас даражада ёқимли"  1 22:10ПСЖ Мбаппе борасида бир қарорга келган  1

Rustam Nartajiev: “Flitvud Taun”da bo'lib juda katta tajriba orttirdim” Yangiliklar

Rustam Nartajiev: “Flitvud Taun”da bo'lib juda katta tajriba orttirdim”

O'quvchilarimizga yaxshi malumki, Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi shu yilning yozida Angliyaning “Flitvud Taun” klubi bilan o'zaro rasmiy hamkorlikni yo'lga qo'ygandi.

Buning natijasida toshkentliklar yoshlar jamoasida o'ynab kelayotgan ikki nafar futbolchisini Angliyaga yuborib, ularni evropa futbolidan hamnafas bo'lib qaytishlariga zamin yaratdi.

“Flitvud Taun”ning yoshlar jamoasida bo'lib qaytgan hamyurtlarimiz Rustam Nortojiev bilan Sergey Proxorov bunday imkoniyat tug'ilganidan juda mamnun ekanligini yashirib o'tirmadi. Iqtidorli futbolchilarimizning Toshkentga qaytib kelganidan xabar topgach, suhbat qilishga urindik. Bu borada dastlab Nortojievni bezovta qildik. Darvoqe, ushbu futbolchining marhum Nizom Nortojiev bilan hech qanday qarindoshlik rishtalari yo'qligini aytish joizdir.


- Rustam, Angliyadan qachon qaytib keldinglar?
- Tumanli Albiondan 12 dekabr kuni Toshkentga qaytib keldik.

- Milliy chempionatining saviyasi borasida dunyoning top davlatlaridan biri bo'lgan Angliya safari taassurotlari bizningcha iliq bo'lsa kerak?

- Albatta. Angliyada 3 oy vaqt bo'lib, olam-olam taassurotlar bilan qaytdik. Futbolga bo'lgan etibor, ob-havosi, odamlarning bir-biriga bo'lgan munosabati menga juda yoqdi.

- Yangi muhitga ko'nikib ketish qiyin bo'lmadimi?

- Bungacha Angliya davlati haqida faqat, o'qiganmiz, eshitganmiz. Lekin biror marotaba ham bormadik. To'g'risi, Angliya menga juda yoqdi. Aytarli hech qanday qiyinchilikka duch kelmadik.

- Til borasida unchalik ham muammoga duch kelmaganga o'xshaysiz. SHundaymi?

- Bungacha ingliz tilini mukammal bilmasdim. Har xolda tushuncha bor edi. Lekin bemalol suhbatlashib ketishga qiynalardim. Angliyada 3 oy muddat bo'lib shu vaqt oralig'ida tilni ham puxta o'rganib oldim.

- Klub tomonidan sizlarga bo'lgan etibor ham yuqori darajada bo'lgandir?

- Huddi shunday. Nafaqat bizga balki umuman o'zlari uchun ham sharoitlar juda zo'r. Mashg'ulot maydoni, murabbiylar... hammasi to'la-to'kis qoniqtirdi.

- Ularda mashg'ulot chog'ida ko'proq nimaga etibor qaratiladi?

- Asosan jismoniy jihat ustida ishlanadi. SHuning uchun ham Angliyadagi futbolchilar jismonan baquvvat ekan. Texnika borasida esa unchalik emas. Bu borada ular bilan bemalol raqobatlashish mumkin.


- “Flitvud Taun”da bolalar futboliga ham etibor yuqorimi?
- Ha, ularning akademiyasida ish qizg'in ekanligiga amin bo'ldik. 8 yoshdan boshlanadi. Har bir yosh uchun alohida alohida guruhlar tashkil etilgan. Mashg'ulot maydoni etarlicha. Murabbiylarning deyarli hammasi Angliyadan ekan.

- U erda bir qator sinov-nazorat o'yinlarida ishtirok etganinglar haqida malumotlar bor. Bunga o'zingiz yordamingizda aniqlik kiritib olsak.

- Klubning mavsum avvalida qilgan ro'yxatidan o'rin olmaganimiz bois, rasmiy uchrashuvlarda ishtirok eta olmasdik. SHu bois murabbiylar bizni nazorat o'yinlari orqali sinab ko'rdi. Hammasi bo'lib 4ta bahsda ishtirok etdik. “Everton”, “Aston Villa”, “Karlayl Yunayted” kabi taniqli klublarga qarshi o'ynadik.

- Mazkur o'yinlar orqali tajribangizni oshirgan bo'lishi turgan gap?

- Fikringizga qo'shilaman. SHubhasiz bu kabi kuchli raqiblarga qarshi bahslarda ishtirok etib, katta o'sishga erishdim deb o'ylayman. Angliyada o'tkazgan vaqtlarim men uchun qadrli va samarali kechdi. SHu fursatdan foydalanib “Lokomotiv” klubi rahbariyatiga bizga ushbu safarni, imkoniyatni yaratib bergani uchun minnatdorchilik bildiraman.

- “Flitvud Taun”da o'zbekistonlik futbolchilardan tashqari yana boshqa davlatlardan ham o'yinchi kelganmi?

- Ha, bu klubda birgina Proxorov ikkimiz bo'lmadik. Bizdan tashqari Franciya, SHotlandiya va Amerika davlatlaridan kelgan futbolchilar ham bor edi. Ular bilan do'stlashib kettik. Umuman olganda qisqa fursat ichida hamma yigitlar bilan do'stona aloqani yo'lga qo'ydik. Keyinchalik ham bir-birimizdan xabar olib turadigan darajada, doimiy aloqani yo'lga qo'yib oldik. Nasib qilsa keyinchalik o'sha yigitlar bilan Evropaning top klublarida birga o'ynarmiz.

- Siz darvozabonsiz. SHunday ekan u erda maxsus murabbiy bilan ishlagan bo'lsangiz kerak?

- Huddi bizdagi kabi Angliyada ham mashg'ulotning qanchadir qismini darvozabonlar murabbiyi bilan o'tkazdik. Murabbiyimiz har bir shogirdi bilan jiddiy ishladi. O'z ishiga professional ekanligi ko'rinib turardi.


- “Flitvud Taun” klubining tarixi bilan ham tanishib chiqdingizmi?
- Albatta. Bu klub o'zining boy tarixiga ega. 1908 yili tashkil etilgan ekan. Ko'plab futbolchilarni etishtirib kelmoqda. Taniqli sobiq futbolchi Bardi ham bundan uch yil muqaddam aynan “Flitvud Taun”ning etakchilaridan biri bo'lganligini aytishdi.

- Endi Angliyaga yana borasizlarmi?

- Buni rahbariyatdan so'rash kerak. Qaytib borish to'g'risida hozircha bizga aytishmadi.

- U holda “Lokomotiv”ning asosiy tarkibiga qo'shilsangiz kerak. Lekin bu erda ham sizni jiddiy raqobat kutib turibdi?

- Ha, buni yaxshi bilaman. Asosiy darvozabonga aylanish uchun yana ko'p ishlashim kerak. “Lokomotiv”da tajribali golkiperlar jamlangan. Albatta ular bilan bo'ladigan raqobat ham engil bo'lmaydi. Lekin men ham jiddiy kurashaman. Mashg'ulotlarda astoydil ishlab, o'zimni ko'rsatmoqchiman.

- SHu o'rinda birinchi murabbiylaringizni ham eslab o'tsak, maqsadga muvofiq bo'lardi?

- Yaxshi bo'lardi. O'zim 1996 yili Toshkent shahrida tug'ilganman. Ilk murabbiyim Borodavkin Valeriy Vasilevich bo'lgan. Keyinchalik esa Sunnatillo Abdurasulov qo'li ostida shug'ullanganman. Kezi kelganda murabbiylarimga ham minnatdorchilik bildirib qolaman.
 
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика