So’nggi yangiliklar

23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  0 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  5 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  2 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  12 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  2 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  13 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  1 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  2

Rustam Mirsodiqov: "Jamoa mag'lubiyatga uchraganda aybdor murabbiy bo'ladi" Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: "Jamoa mag'lubiyatga uchraganda aybdor murabbiy bo'ladi"

“Metallurg” – “Neftchi” jamoalari uchrashuvidan keyin ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Dastavval jurnalistlarning savollariga M.Ismoilov javob qaytardi.
Murod Ismoilov: Eng avvalo olis yo'l bosib Bekobodga kelgan va bizni qo'llab quvvatlab turgan fidoyi ishqibozlarimizga minnatdorchilik bildiraman. O'yinga to'xtaladigan bo'lsam, bugungi uchrashuv og'ir kechishini bilardik va shunga yarasha tayyorgarlik ko'rdik. Bu uchrashuvda tomonlarning imkoniyatlar teng edi. biz biroz omadliroq chiqdik. Qolaversa, biz raqibimizning chempionatdagi barcha o'yinlarini vidio orqali o'rganib, shunga yarasha taktika ishlab chiqaandik. Bugun ikkinchi raqamda o'ynashimiz o'z samarasini berdi.

Hozir barcha jamoalarda ishlayotgan murabbiylarga bosim katta. Rahbariyat faqat g'alaba va yuqori o'rinlarni talab qiladi. Eng asosiysi jamoa muxlislari o'z klubini faqat yutishlarini xohlashadi va shunga yarasha munosabat bildirishadi. Bugungi kunda barcha jamoalarda  natija birlamchi bo'lib qolgan.To'g'ri chiroyli kombinacion o'yin ko'rsatish maroqli, hammaga yoqadi, lekin agar natija bo'lmasa o'sha chiroyli o'yin tatimaydi. Lekin ishontirib aytamanki, yaqin kelajakda chiroyli o'yinlar ko'p bo'ladi.

Men hakamlarning ishiga baho bermayman. Buning uchun mutasaddi insonlar bor. Bugungi o'yinni boshqargan xakamlar mamlakatimizning eng kuchli, obro'li xakamlar qatoridan o'rin olgan FIFA referilari.  Men o'ylaymanki, berilgan barcha kartochkalar o'rinli va menda xakamlarga xech qanday etiroz yo'q.

Albatta, biz ham chempionatni yangi stadionda boshlashni xohlagan edik. Xatto bunga yaxshi tayyorgarlik ham ko'rgandik, lekin bazi bir sabablarga ko'ra bu ish amalga oshmadi. Bugun menga kelgan habarlarga qaraganda, 18 aprel kuni “Mashal”  bilan bo'ladigan uchrashuvni aynan “Istiqlol” stadionida o'tkazamiz. Bu kunni nafaqat futbol muxlislari, balki biz ham katta intiqlik bilan kutayapmiz. Yangi stadionda o'yin ham boshqacha, ancha chiroyli bo'ladi. Barcha futbol muhlislarini 18-aprel kungi o'yinga taklif etamiz.

Rustam Mirsodiqov: Jamoa g'alaba qozonsa bu futbolchilarniki, mag'lubityaga uchrasa murabbiyning xatosi deyishadiku. Bu o'yindagi mag'lubiyat uchun barcha aybni o'z zimmamga olaman. Ehtimol, tarkibni tanlashda xatoga yo'l qo'ygandirman, ehtimol taktika tanlashda. Ammo ishontirib aytamanki, bugun g'alaba ishtiyoqida edik. Futbolchilarga ham uchrashuv qiyin bo'lishini uqtirgandim. Mening nazarimda oldingi o'yinda peshqadam “Mashal”ni chiroqli tarzda dog'da qoldirishimiz, shogirdlarimga salbiy tasir ko'rsatganga o'xshaydi.

Harchand harakat qilsakda, ularning o'yinini o'zgartirolmadik. Futbolchilarni almashtirish hg'am yordam bermadi. Nima ham derdik, ishlashimiz kerak. CHempionat endi boshlandi. Oldinda ko'plab murakkab o'yinlar turibdi. Biz Bekobodda hamisha muxlislarimizni xursand etish uchun maydonga chiqamiz. Bu ananani albatta davom ettiramiz. Nafaqat o'z uyimizda, safarda ham ularni qoniqtiradigan natija uchun o'ynaymiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика