Rustam Mirsodiqov: “O'zbekistonda kelishilgan o'yinlar yo'q”
05 sen 2014 16:24
Yangiliklar
Rustam Mirsodiqov: “O'zbekistonda kelishilgan o'yinlar yo'q”
“Metallurg” bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov “Futbol Ekspress” gazetasiga intervyu berdi. Bunda Rustam To'xtamurodovich bir qator savollarga javob berar ekan, O'zbekistonda kelishilgan o'yinlar yo'qligini aytib o'tdi.
Xususan jurnalist tomonidan berilgan “Yaqinda “Metallurg” - “Buxoro” o'yini kelishilganligi haqida internet saytlarida xabarlar paydo bo'ldi. Bunga qanday munosabatda bo'ldingiz?” savolga bekobodliklar ustozi quyidagicha javob qaytargan:
“O'zbekistonda kelishilgan o'yinlar yo'q. Futbolda shuncha yil ishlayotgan bo'lsam, bu holatga birinchi bor duch kelishim. O'sha o'yin haqida yozgan insonni topa olmayapman. Agar topsam, uning ko'zlariga qaramoqchiman. O'zbek futbolida kelishilgan o'yinlar yoki totalizator yo'q. Futbolda har xil natijalar bo'ladi. 3:0 hisobida yutayotib 3:4 hisobida yutqazib qo'yish ham mumkin. SHuning uchun oldidan yutadi yo yutqazadi deb bo'lmaydi. “Bunyodkor” o'z maydonida “Dinamo”dan mag'lub bo'lib, safarda “Lokomotiv”ni yutib qaytdi. Kimdir bunday bo'ladi deb o'ylaganmidi? Albatta, yo'q”.

Fikrlar