So’nggi yangiliklar

21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  1 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  4 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  3 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  5 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1

Rustam Mirsodiqov: "Navoiyga asosiy pleymeyker va Zohid Abdullaevsiz kelgandik" Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: "Navoiyga asosiy pleymeyker va Zohid Abdullaevsiz kelgandik"

“Qizilqum” – “Metallurg” jamoalari uchrashuvidan keyin “Metallurg” jamoasi bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqovning o'yin haqida fikrlarini so'radik.

- Nechanchi o'yindirki tarkib borasidagi muammolardan qutila olmayapmiz. O'ng qanot himoyachimiz endi endi individual shug'illanishni boshlayotgan bir paytda Navoiyga asosiy pleymeykerimiz Ayubxon No'monov hamda to'purar hujumchimiz Zohid Abdullaevlarsiz keldik. 

Mashg'ulotlar jarayonida og'riq bezovta qilgani bois asosiy darvozabonimizni so'nggi daqiqalarda zahirada qoldirishga majbur bo'ldik. Ko'rayapsizmi, tarkibda qancha bo'shliqlarni bekitishimiz lozim edi. Bugun yutqazgan bo'lsakda yoshlarimizning o'yinidan qoniqish hosil qildim. Muhammadjon Sultonov oliy ligadagi birinchi golini urdi. Ulug'bek Xudoyorov, Abrorbek Toshqo'zievlar ham o'yinga yaxshi qo'shilib ketishdi. Bazi vaziyatlarda tajribasizligimiz, ozgina tezlikda, fikrlashda yutqazishimiz bois imkoniyatni boy berdik deb o'ylayman.

Navoiyga asosiy pleymeykerimiz Ayubxon No'monov hamda to'purar hujumchimiz Zohid Abdullaevlarsiz keldik

CHempionatning oxirgi turini uyda o'tkazamiz. Nasib bo'lsa, ungacha asosiy tarkib o'yinchilari safimizga qaytishadi. CHiroyli, hujumkor o'yin bilan muxlislarimizni albatta xursand etishga harakat qilamiz, deydi Rustam To'xtamurodovich.


"Metallurg" matbuot xizmati

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика