So’nggi yangiliklar

21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  201 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  7 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  2 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  2 19:25"Милан" янги спорт директорини тайинлади. Жамоани қайта тиклаш учун ким жавобгар бўлади?  7 19:02Дониёр Саидов: "Тажрибали мураббийларнинг тактик курашига гувоҳ бўламиз"  0 18:49Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" – "Андижон". Таркиблар маълум  14 18:37"Насаф"нинг Суперкубок баҳси учун "Бунёдкор"га етиб келишидан суратлар  1 18:28"Андижон"нинг Суперкубок учрашуви учун стадионга етиб келишидан суратлар  9 18:16Асрор Алиқулов: "Биринчи бўлимда бизга иккинчи бўлимдаги каби шижоат етишмади"  0 18:00БАА - Ўзбекистон учрашувини катта экранда томоша қилишни истаганлар диққатига!   12 17:54Ўзбекистон Суперкубоги-2025. "Бунёдкор" стадиони учрашувга шай ҳолатда  2 17:20Саудия Арабистонида спиртли ичимликлар: 2034 йилги ЖЧда сайёҳлар учун истисно бўлиши мумкин  10 16:57"Мен умримда бунақасини кўрмаганман". Зидан Ямалнинг истеъдодини эътироф этди  9

Rustam Mirsodiqov: "Hisob bundan-da yirikroq ko'rinishda ham bo'lishi mumkin edi..." Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: "Hisob bundan-da yirikroq ko'rinishda ham bo'lishi mumkin edi..."

“Metallurg” – “Paxtakor” uchrashuvidan keyin bekobodliklar ustozi Rustam Mirsodiqovning o'yin haqidagi fikrlarini so'radik.
Rustam Mirsodiqov, “Metallurg” FK bosh murabbiyi: - “Paxtakor” bizning eng noqulay raqibimiz. Bu jamoaga qarshi futbolchilarni har safar ham ruhan, ham jismonan tayyorlaymiz. Mashg'ulotlarda yigitlar barchasini bekamu ko'st ado etishadi, biroq o'yinda maydonga chiqishganida kamchiliklar, nuqsonlar ko'payib ketadi. Birinchi davrada – Toshkentda o'tkazilgan o'yinni yodga oling. Kamida durangga erishishimiz kerak bo'lgan o'yinda mag'lubiyatga uchraganmiz. Bu safar yigitlarga katta rahmat. O'zlarini yo'qotib qo'yishmadi.

Bor kuch va mahoratlarini ishga solib, to'qson daqiqa davomida tashabbusni raqibga bermaslikka harakat qilishdi. Masuliyatni hamma birdek his etdi, shu boisdan ham kerakli natijani qo'lga kiritdik. Hisob bundan-da yirikroq ko'rinishda ham bo'lishi mumkin edi, agar o'yinchilarimiz barcha imkoniyatlardan unumli foydalanishganida. Asosiysi g'alaba qozondik va taqibchilarimizdan biroz uzoqlashib olishga erishdik. SHu kuni stadionda bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga ham minnatdorchilik bildiraman, barcha futbol ishqibozlarini esa yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklayman, deydi Rustam To'xtamurodovich.

"Metallurg" matbuot xizmati
Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика