Rustam Ashurmatov: "Turkmaniston va Eronga qarshi o'yinlarda bor kuchimizni namoyon etamiz"
04 iyu 2024 21:52
Yangiliklar
Rustam Ashurmatov: "Turkmaniston va Eronga qarshi o'yinlarda bor kuchimizni namoyon etamiz"
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov JCH-2026 saralash o'yinlaridan oldin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Jamoamiz kecha yig'ildi. Ko'pchilik klublari bilan mavsumni yakunlab, qisqa muddat dam olishga erishdi. SHu bois, futbolchilarda jismoniy tayyorgarlik turlicha. Murabbiylar shunga ko'proq etibor berishyapti. Kecha ilk mashg'ulotni o'tkazdik. Tayyorgarlik haqida nimadir deya olmayman. Jamoada kayfiyat yaxshi. Guruhda birinchi o'rin uchun harakat qilamiz. Turkmaniston va Eronga qarshi o'yinlarda bor kuchimizni namoyon etamiz. Eronga kuchimiz etadi. Ular ashaddiy raqiblarimizdan biri sanaladi. Safardan ham g'alaba bilan qaytamiz degan umiddaman", dedi "Rubin" futbolchisi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar