So’nggi yangiliklar

13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  0 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  6 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  14 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24

Rustam Ashurmatov: "Suriyaga qarshi uchrashuvda zaif nuqtalarimizni bilib oldik" Yangiliklar

Rustam Ashurmatov: "Suriyaga qarshi uchrashuvda zaif nuqtalarimizni bilib oldik"

Qozonning "Rubin" klubi himoyachisi Rustam Ashurmatov, O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'ulotida saytimizga intervyu berdi

- O'zbekiston uchun qiyin kechgan Suriyaga qarshi uchrashuv haqida qanday fikrdasiz?

- Suriyani yutishimiz kerak edi. Gol ura olmaganimiz sabab qiynaldik. O'yinga to'g'ri tayyorgarlik ko'rgan edik. Kechagi uchrashuvdan saboq chiqardik va o'zimizning zaif nuqtalarimizni bilib oldik.

- Keyingi raqibimiz Hindiston ham Avstraliya qarshi kechgan uchrashuvda juda zich himoyalandi. Kecha Suriya himoyasini yorib o'ta olmadik, Hindistonni enga olamizmi?

- Suriyaga qarshi o'yin dars bo'ldi. Endi xulosa chiqarib, zich himoyani yorib o'tishga harakat qilamiz.

- Kechagi o'yinga tanlangan taktik uslub haqida nima deya olasiz?

- Ushbu taktikani ancha vaqtdan beri qo'llab kelamiz. Bu himoyaviy uslub degan fikrlarga qo'shilmayman. CHunki hujum vaqti bor yo'g'i 3 markaziy himoyachi ortda qoladi, qolgan barcha o'yinchilar esa hujumga yordam berishadi.

- Kechagi uchrashuvdan so'ng mashhur statistika sayti sizga O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari orasidagi eng baland baho berdi. Kecha namoyish etgan o'yiningizdan qoniqdingizmi?

- Men qanday o'ynaganimdan qatiy nazar jamoamiz g'alaba qozona olmadi. Jamoa yomon o'ynamadi, ammo gol ura olmadik. Suriya terma jamoasi ham bizning darvozamiz oldida deyarli vaziyat yaratmadi

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика