So’nggi yangiliklar

12:50"Бенфика" Туркия терма жамоаси етакчиларидан бирини сотиб олди  0 12:22Водий дербиси қачон ўтказилади? Суперлиганинг октябрь ойи тақвими  0 12:05Иброҳимҳалил Йўлдошев тўп тепаётган "Қайрат"да бош мураббий ўзгарди  1 11:42Саудия Арабистони клуби яна бир бразилияликни ўз сафига қўшиб олди  0 11:17Роналду: "Португалия терма жамоасидаги фаолиятимни якунлаш? Мен асосий таркибда ўйнашим керак"  11 10:45Расман. Шукуровнинг янги жамоаси навбатдаги трансферни эълон қилди  0 10:17"Ал Иттиҳод" "Аякс" етакчиларидан бирини сотиб олди  0 09:50Германия терма жамоасининг янги сардори маълум  1 09:21"Ал Насср" "Челси" футболчисини 23 миллион еврога сотиб олди  2 08:52Легионеримиз жароҳат сабабли Ўзбекистон МТЖнинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  6 08:24ПСЖ футболчиси "Ал Иттиҳод"га кўчиб ўтди  0 07:55Расман. Осимхен "Наполи"ни тарк этди  6 07:37Расман. Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан бири фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  8 23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   14 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  27

Rustam Ashurmatov: Samarqandda oson bo'lmaydi, ammo kubok orqali OCHLga chiqishimiz shart Yangiliklar

Rustam Ashurmatov: Samarqandda oson bo'lmaydi, ammo kubok orqali OCHLga chiqishimiz shart

Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi Bunyodkor klubi ikkinchi davraning eng yaxshi jamoalaridan biri bo'lib turibdi.

Qaldirg'ochlar Oliy Ligada sovrinli o'rinlar uchun kurashish bilan birga O'zbekiston Kubogi g'olibligi uchun ham davogar sanalishadi. Bunyodkorning yarim final javob uchrashuvi doirasidagi Dinamo bilan o'yini oldidan jamoa etakchi himoyachisi Rustam Ashurmatov Erudit Sport gazetasiga intervyu berdi.

HUJUMCHIDAN HIMOYACHIGA AYLANGANMAN

- Rustam, keling, avvalo futbolga kirib kelish tarixingiz haqida gaplashsak…


- Futbolga kirib kelishimda bobomning hissalari katta bo'lgan. Doimo to'p ortidan yugurishim bois, 6 yoshimda futbol to'garagiga olib borishgan. Futboldagi ilk saboqlarni birinchi murabbiylarim Ikrom aka va Ibrohim akalardan olganman. Ulardan doim minnatdorman.


- Qo'qondan Bunyodkorga kelishingiz qanday kechgan?

- Bilasiz, o'sha paytda Bunyodkor Quruvchi deb atalardi. Ushbu klub o'sha paytlar viloyatlarda turnirlar o'tkazib, iqtidorli futbolchilarni Bunyodkor akademiyasida yig'ardi. Qo'qonda ham musobaqa tashkil etgach, bir qator yoshlar qatori men ham o'zimni ko'rsatishga erishgandim. O'shanda Akramjon Komilov, Ibrohim G'ofurov qatorida meni ham Toshkentga olib borishadigan bo'lishdi va Bunyodkor akademiyasida tahsil ola boshladim.

- Qizig'i, o'shanda sizni yosh va iqtidorli hujumchi sifatida tanlashgan ekan…

- CHindanam, o'shanda hujumchi sifatida to'p surardim. Keyinchalik tog'am Baxtiyor Ashurmatovga havas qilib, hujumchidan himoyachi bo'lishni istadim. Qolaversa, murabbiylar ham himoyada yaxshiroq o'ynayotganligimni sezishgan. SHu bilan himoyachi sifatida to'p sura boshladim. Hujumchidan himoyachiga aylanish deyarli qiyinchilik keltirmagan.

SERGEY LUSHANDAN DOIM MINNATDORMAN

- Sizni kashf eta olgan inson Sergey Lushan edi. SHunday emasmi?


- SHubhasiz, aniq ayta olamanki, agar Sergey Ivanovich bo'lmaganlarida men hozir Bunyodkor asosiy tarkibida to'p surmayotgan bo'lardim. Bu insonning futboldagi faoliyatimda hissasi juda katta. Bunyodkor akademiyasiga kelgan vaqtim 1996 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat yosh jamoani aynan Sergey Lushan shug'ullantirardi. Uning qo'l ostida Dostonbek Hamdamov, Akromjon Komilovlar bilar birga ulg'aydik. Keyinchalik jamoa bosh murabbiyi sifatida Lushan tayinlanganidan so'ng, Sergey Ivanovich aynan bizga ishonch bildirib, asosiy jamoaga taklif etgandi. Xudoga shukrki, shundan buyon katta futbolda to'p surayapmiz. Sergey Ivanovichdan doim minnatdormiz, u kishini bizga qilgan mehnatlari, yordamlarini til bilan etirof etish qiyin.


- Sergey Lushan qo'l ostidagi Bunyodkor natijalarining yaxshi bo'lmaganligi sababi nimada edi?

- Fikrimcha, tajriba etishmaslik bo'ldi. CHunki, bilsangiz, Bunyodkor Oliy Ligadagi eng yosh tarkibga ega jamoa sanaladi. OCHL, Oliy Liga, kubokda ham asosan yosh tarkib bilan maydonga tushardik, tajribali futbolchilar kam edi. SHu bois, bizga tajriba etishmagan deb o'ylayman.

- Mirjalol Qosimov ish boshlagach, tarkib deyarli o'sha bo'lsada, natija yaxshi tomonga o'zgardi. Qosimov ishni nimadan boshladi?


- Mirjalol aka uchun Bunyodkor begona emasdi. Ko'pgina futbolchilarni yaxshi bilardilar. Jamoani qabul qilib olgan vaqtlarida mag'lubiyatlar, duranglardan jamoaning ruhiy holati yaxshi emasdi. SHunda har birimiz bilan alohida gaplashib, imkoniyatlarimiz, xarakterimizni o'rgandilar va shunga yarasha munosabatda bo'ldilar.

- Futbolchilar uchun Lushan va Qosimov o'rtasida qanday farqlar keskin bilindi?


- Sergey Ivanovich bosh murabbiy bo'lguncha biz kabi yoshlar bilan ishlaganliklari uchun bo'lsa kerak, u kishiga ham Oliy Liga va OCHLda murabbiylik tajribasi etishmadi deb o'ylayman. Ammo natijalarimiz qoniqarsiz ko'rinish olgan bo'lsada, Sergey Lushanning O'zbekiston futboliga juda katta foydalari tegdi va tegayapti.

MASHARIPOVGA QARSHI TO'P SURISH QIYIN

- Himoyachi sifatida sizda o'sish kuzatilmoqda. Siz qaysi himoyachilarni o'zingiz uchun o'rnak sifatida ko'rasiz va Oliy Ligada qaysi ampluadoshlaringizni eng kuchli deb bilasiz?


- Jamoadoshim Xayrulla aka Karimov bilan yonma-yon to'p surib u kishidan juda ko'p narsani o'rganganman. U kishiga havas qilaman. Qolaversa, tog'am Baxtiyor Ashurmatovdan ko'p narsa o'rganganman. Oliy Ligadagi hozirgi himoyachilarning ko'pi tengkuchli futbolchilar, shu bois alohida bir kishini ko'rsata olmayman.

- Siz uchun qarshi to'p surish qiyin bo'lgan hujumchi kim?


- O'zimizni jamoamizdan Dostonbek Hamdamovga qarshilik qilish qiyin. Oliy Liga boshqa klublaridan Lokomotiv hujumchisi Jaloliddin Masharipovga qarshi to'p surish hech bir himoyachi uchun oson bo'lmasa kerak. Tezkor va aldamchi harakatlari bilan himoyachilarga boshog'riq bo'ladigan futbolchi.


AN'ANANI BUZISHGA HAQIMIZ YO'Q – BUNYODKOR KUBOK ORQALI OCHLGA CHIQISHI SHART

- Ikki tur oldin aynan sizning dublingiz Bunyodkorga Samarqandda Dinamo ustidan g'alaba keltirgandi. Endi esa yarim final javob o'yini kutib turibdi. Bunyodkor qiyinchiliksiz finalga chiqadimi?


- Aslo bunday deb o'ylamayman. CHunki Toshkentda Dinamo bilan dastlabki bahs bejizga 0:0 tugamagandi. Bu raqibning kuchidan dalolat. Samarqanddagi yarim final javob o'yini biz uchun juda muhim. CHunki, oldimizdagi birinchi maqsad bu – O'zbekiston Kubogi o'yinlari orqali Osiyo CHempionlar Ligasiga yo'llanma olishdir. Bunyodkorning shuncha yillik ananasini buzishga xaqimiz yo'q – kubok orqali OCHLga chiqish shart. To'g'risi, Oliy Ligadan ko'ra, kubok orqali OCHLga chiqish yaqinroq bizga. Finalga chiqib, g'olib bo'lsak kubok bilan birga yo'llanmaga ham ega bo'lardik. Lekin bu oson ish emas. Dinamo bilan dastlabki o'yin 0:0 bo'lgani juda qaltis hisob. Samarqand jamoasi tarkibi ancha shakllangan, ularga qarshi to'p surish oson bo'lmaydi. Qolaversa, javob o'yini Samarqandda minglab muxlislar qarshisida o'tishini inobatga olsak, bu o'yin juda shiddatli va murosasiz o'tishini anglatadi. Bunyodkor singari Dinamo ham finalga chiqishni maqsad qilgan, shu bois hech kimga oson bo'lmaydi.

- Dinamoning so'nggi 10 o'yindan buyon gol ura olmayotgani Bunyodkor himoyachilari vazifasini osonlashtiradimi?


- Bu o'yin final yo'llanmasini berarkan, statistikalar chetda qoladi. To'g'ri, 10 ta o'yin uzun seriya, lekin har bir narsaning yakuni bo'lgani kabi, balki Dinamo aynan kubokka katta etibor qaratib, noxush ananasini biz bilan o'yinda buzar. SHu bois, biz yuqoridagi statistikaga etibor qaratmay, ehtiyotkor bo'lishimiz kerak. Dinamoning himoya chizig'i ham kuchli. Menimcha, o'yinda bitta gol final yo'llanmasi taqdirini hal etadi. Samarqanddan final yo'llanmasi bilan qaytishimiz shart.

Usmon IBODOV suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика