Rustam Ashurmatov Janubiy Koreya klubida o'ynaydi
04 fev 2019 11:18
Yangiliklar
Rustam Ashurmatov Janubiy Koreya klubida o'ynaydi
"Bunyodkor" klubi himoyachisi Rustam Ashurmatov faoliyatini Janubiy Koreyaning "Gvangju" klubida davom ettiradi.
Ashurmatov 30 yanvar kuni yangi klubi ixtiyoriga jo'nab ketgan. Hamyurtimiz ayni paytda o'zining yangi jamoasi bilan Yaponiyada yig'in o'tkazmoqda. Rasmiy shartnoma imzolash marosimi esa klub Janubiy Koreyaga qaytganidan so'ng bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, "Gvangju" Janubiy Koreya K-2 ligasida ishtirok etadi. Ayni paytda jamoani mahalliy murabbiy Park Jin Sub boshqarib bormoqda. O'tgan mavsum ushbu klub safida braziliyalik Jil, Felipe Silva va Robson kabi legionerlar o'ynashdi. Bundan tashqari o'zbek futbol muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan yaponiyalik Sato Minori ham 2018 yilni "Gvangju" safida o'tkazdi. Jamoa o'z uy o'yinlarini 40245 muxlisga mo'ljallangan "Gwangju World Cup" stadionida o'tkazadi. Bu stadionda 2002 yilgi mundial bahslari bo'lib o'tgan.
Janubiy Koreya K-2 ligasida yangi mavsum 2 mart kuni start oladi. 
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar