So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Rustam Ashurmatov: “Gvangju” safida yaxshi o'yin ko'rsatib terma jamoadan chaqiruv olmoqchiman Yangiliklar

Rustam Ashurmatov: “Gvangju” safida yaxshi o'yin ko'rsatib terma jamoadan chaqiruv olmoqchiman

Rustam Ashurmatov joriy mavsum oldidan legionerga aylanib, Janubiy Koreya K2 ligasida ishtirok etuvchi “Gvangju” klubi bilan shartnoma imzolagan edi.

Ayni paytga kelib, hamyurtimiz K2 ligada 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 bora raqiblari darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi. “Gvangju” hozirda 17-turdan so'ng 39 ochko jamg'argan holda musobaqa jadvalida yakka peshqadam bo'lib turibdi.

O'zbekistonlik himoyachi O'FA rasmiy saytiga Janubiy Koreyada ishlari qanday ketayotgani xususida gapirib berdi:

“Gvangju” safiga kelib qo'shilganimga 6 oy bo'lib qoldi va jamoaga hamda chempionatga ancha moslashib ulgurdim, deya olaman. To'g'risi, boshida biroz qiyinchilik ham bo'ldi. Zero ilk marta legioner sifatida faoliyat olib boryapman. Lekin jamoadoshlarim, murabbiylarimiz har tarafdan ko'mak berib turishdi va endilikda barchasi joyida.



K2 liga bahslari ham ancha shiddatli va jamoalarning barchasi yuqori divizionga chiqish uchun jiddiy kurash olib borishadi. CHempionat saviyasi yaxshi ekanini takidlay olaman. Har bir klubda 3-4 nafardan yaxshi saviyadagi legionerlar faoliyat olib boradi.

Bizning klubimiz oldiga ham K1 ligaga yo'l olish vazifasi qo'yilgan. Ushbu vazifani uddalashga va yuqori ligaga yo'llanma olishga bor kuch-g'ayratimizni ishga solgan holda harakat qilamiz. Ayni paytda jamoamiz musobaqa jadvalida 1-o'rinda bormoqda. Biz mavsum so'nggiga qadar ushbu o'rinni saqlab qolishga va oldimizga qo'yilgan vazifani uddalashga urinamiz.



Men ham imkon qadar yaxshiroq o'ynashga va jamoamiz muvaffaqiyatlariga xissa qo'shishga intilyapman. Eng asosiysi – men namoyish etadigan o'yin muxlislar va murabbiylarimizga maqul kelishi lozim. Legioner futbolchidan hamisha mahalliy futbolchilardan ko'ra ko'proq narsa kutishadi. SHu sababdan legionerlar bor mahoratini ishga solib o'ynashi talab etiladi.

Hozirgi paytda Janubiy Koreyada 5 nafar hamyurtimiz faoliyat olib boryapti. Ular bilan doim aloqadamiz. O'zbekistonlik futbolchilar o'ynaydigan jamoalarga qarshi ham o'yinlar o'tkazdik. Lekin hali maydonda duch kelmadik. CHunki jarohat sabab hamyurtlarimiz o'sha o'yinlarda ishtirok eta olishmadi.

Ayni damdagi asosiy maqsadim klub safida yaxshi o'yin ko'rsatish va bu orqali terma jamoamizdan chaqiruv olish. Qolaversa, mavsum yakunida Janubiy Koreya K1 ligasiga yo'l olishni ko'zlaganmiz, - dedi mahoratli futbolchi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика