Rustam Akramov: "Men uchun Berdiev va Abduxoliqov eng kuchlilari"
08 dek 2016 13:25
Yangiliklar
Rustam Akramov: "Men uchun Berdiev va Abduxoliqov eng kuchlilari"
O'zbek futbolida o'z mavqei va nufuziga ega bo'lgan mutaxassislardan biri Rustam Akramov mavsum yakunlari haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Fikrimcha eng yaxshi murabbiy bu - "Nasaf" jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev. Uning klubi doim barqaror o'ynayapti. Jamoa akademiyasi ham yaxshi ishlamoqda. Murabbiy u erdagi istedodlarni asosiy tarkibga kiritayapti va ularga ishonch bildirayapti.
Ro'ziquldan oldin "Nasaf"da nomdor murabbiylar ishlashgan. Berdiev ulardan kerakli saboqlarni olgan. Endi esa aql bilan ish yurityapti. Zamonaviy tarzda o'z ishini yo'lga qo'ya oldi. SHu bois ham Berdievni eng yaxshi murabbiy deb hisoblayman. Bungacha ham u bir marta eng yaxshi murabbiy bo'lgan. Futbolchilardan esa men uchun eng yaxshisi Temurxo'ja Abduxoliqov", - deydi Rustam Akramov "Futbol Ekspress" gazetasiga.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar