Rustam Akramov: “Dangasalik futbolchilarda emas, murabbiylarda bor”
16 noy 2014 10:13
Yangiliklar
Rustam Akramov: “Dangasalik futbolchilarda emas, murabbiylarda bor”
Rustam Akramov futbolimizda mehnat qilayotgan taniqli shaxslardan biri hisoblanadi. Uni bejizga futbol professori deb atashmaydi.
Ayni paytda etuk mutaxassis sifatida nom qozongan Akramov terma jamoalar markazida faoliyat olib borayotganini yaxshi bilsangiz kerak. U futbolimizdagi barcha ikir-chikirlarigacha javobgar shaxsga aylangan. Uning ish joyi CHig'atoydagi sport bazasida joylashgan.
Kutilganidek, professorni qizg'in ish ustida uchratdik.
- Anchadan beri terma jamoalar markazida faoliyat olib borayotganingizni yaxshi bilamiz. O'quvchilarimiz uchun bu erdagi vazifangiz nimalardan iborat ekanligini aytib bersangiz?
- O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Mirabror Usmonovni hurmat qilaman. Agar u kishi futbolimiz tepasiga kelmaganida bunchalik rivojlanmagan bo'lardik. Futbolda necha yildan beri ishlayotgan bo'lsam, birinchi marta chin ko'ngildan ishlayotgan mana shunday rahbarni ko'ryapman. Etti yil oldin Mirabror Zufarovich meni yoniga chaqirtirib murabbiylarning bilimini oshirish yo'lida mehnat qilishimni aytib masuliyatli vazifani yukladi. Bu ish men uchun notanish bo'lmagani uchun murabbiylar bilan ishlash tizimini oyoqqa turgizib oldik. Hozirgi kunda nafaqat OFKda, balki FIFAda ham hurmatimiz katta. Murabbiylarning o'qitish tizimini yaxshi yo'lga qo'yib oldik. “S”, “B”, “A” va “Pro” licenziyalari uchun kurslar muvaffaqiyatli o'tmoqda.
Bunga qadar uch marta “Pro” borasida o'qishlar tashkil qildik. Xorijdan ko'plab murabbiylar “Pro”da tahsil olish uchun bizning o'qishimizga kelsak bo'ladimi deya murojaat bilan chiqishyapti. Masalan, Turkiyadan 4-5 tasini qo'ng'iroq qilib shu erda o'qimoqchiligini bildirishdi. Turklar Evropaga qarashli bo'lgani uchun ularga bunday kurslar UEFAda ko'p-ku deya aytdim. Lekin ular aynan bizning kurslarda o'qish qiziqarli ekanligini, qolaversa, ancha tartibli o'tishini aytishdi. Bundan tashqari Rossiyadan Gadji Gadjiev bir necha bor qo'ng'iroq qilib murabbiylarni yubormoqchiligini aytdi. SHuningdek, Aleksandr Mostovoy ham uch yildan beri kurslarimizda o'qimoqchiligini aytadi. Unga vaziyatni tushuntirsam, tushunmadi. Keyin agenti ham aloqaga chiqdi. Mostovoyga avval “A” licenziyasi bo'lishi kerakligini aytdim. Unda esa “A” tugul, “B” licenziyasi ham yo'q. Ular hamma narsani pul bilan hal qilishmoqchi bo'lishadi.
Yaxshi yoki yomon o'qiydimi, buning ahamiyati yo'q. Muhimi, diplomni qo'lga kiritsa bo'lgani. SHu bois men unga ruxsat bermadim. Bizning kurslarimizga Butan, Quvayt, Pokiston, Rossiya, Serbiya kabi davlatlardan kelib tahsil olishdi. Xullas, murabbiylarning talimotini yaxshi yo'lga qo'ydik. Keyin Mirbaror Zufarovich menga hakamlar va nazoratchilarning ishini ham qo'lingizga olasiz deb topshiriq berdi. SHu bois hakamlar qo'mitasining raisi etib tayinlashdi. Bu borada ham samarali ishlashni boshladik. Ayniqsa, Ravshan Ermatovning jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli hakamlik qilishi bizning ramzimizga aylandi. Bundan tashqari futbolimiz rahbari menga barcha terma jamoalarni ham nazorat qilishimni takidladi. Murabbiylar yig'in boshlashdan avval menga dasturlarini olib kelishadi va tanishib chiqaman. Har bir terma jamoaning mashg'ulotlarini o'zim kuzatib boraman.
Bundan tashqari oyda bir marta yig'ilish o'tkaziladi. Murabbiy kim bo'lishidan qati – nazar ular bilan jiddiy ohangda gaplashib olamiz. Bulardan tashqari tibbiy xizmat ko'rsatish ham mening nazoratim ostida. Bu erga jamoalar tekshiruvdan o'tish uchun kelishganida doim murabbiylari janjal ko'taradi. Doim aksariyat futbolchilar nosog'lom bo'lib chiqadi. Bu erda chuqurlashtirilgan holda har bir tana azosini tekshiruvdan o'tkazishadi. “Futbol-Med” rahbari Muazzam Melieva qattiqqo'l rahbar. Ertaga kimnidir hurmat uchun to'p surishiga roziligini bildirib imzo cheksa, keyin u bilan biror korhol yuz bersa nima bo'ladi? Legionerlar o'yinchilarning ko'pchiligi ham bu erda yaroqsizga aylanib qolishyapti. Bundan tashqari texnik qo'mitasining raisiman. Eng yirik futbol musobaqalarining tahlilini ishlab chiqamiz. SHunga yarasha oliy ligada ishlayotgan murabbiylarning ish uslublarini kuzatamiz.
Masalan, “Andijon” ustozi Edgar Gessning mashg'ulotlarda qo'llayotgan uslublarini o'rganib chiqib, to'g'ri yoki noto'g'ri dasturlar qo'llayotganini yozamiz. SHunga qarab ularning ish uslublarini to'g'ri yo'nalishga keltiramiz. Qilayotgan ishlarimizning natijalariga kelsak, hakamlarimizning ishi yaxshi. Murabbiylarimiz ham chakki emas. Har holda yaxshimi-yomonmi o'sishyapti. Yaqinda “Futbol-Med” Olimpiya qo'mitasi binosiga ko'chib o'tadi. Bu yil uchta yoshdagi terma jamoalarimizdan afsuski bittasigina jahon chempionatiga chiqdi. Aslida Aleksandr Mochinov futbolchilari ham mundial yo'llanmasiga ega bo'lishlari kerak edi. CHorak finalda jala quydi. Bizning yigitlarimiz texnik tomondan aqlli o'yin ko'rsatishadi. Biroq kuchli jala quygani uchun texnikaviy o'yin o'z-o'zidan “o'ldi”. O'zi biz uchun engil raqib – Suriya edi. Kamida 3:0 hisobida yutishga qodir edik. Lekin suriyalik futbolchilar suniy yoshartirilgan ekan. Bizning futbolchilarimiz esa 16 yoshli, kichkinagina bolalar. Lekin biz ularni “kovlamadik”. SHuning uchun ham FIFA bizga feyr-pley sovrinini topshirgan. Buning uchun Mirabror Usmonovdan minnatdormiz.
- Nima uchun aynan Aleksandr Mochinov nomzodi tanlangandi?
- Undan avval ishlagan Temur Olimxo'jaevning sog'ligi bilan bog'liq muammolar bor edi. SHuni hisobga olib, davolanishi kerakligini va o'rniga Mochinovni tayinlashimizni aytdik. SHu tariqa Aleksandr bosh murabbiylikka o'tdi. Ammo terma jamoani ko'rib kayfiyati tushib ketdi. CHunki tayyorgarlik meyorida emasdi. Keyinchalik Turkiyada yig'in tashkil qildik. Qaytib kelgach yana o'rtoqlik uchrashuvlari uyushtirildi. Xullas, musobaqaga yaqin futbolchilar biz o'ylagan o'yinni ko'rsatishni boshlashdi. Bungacha Mochinov eng shimarib ishga kirishdi. U aqlli mutaxassis. Ammo chorak finaldagi o'yin haqida boya to'xtaldim. Baribir murabbiy uchun vaqt juda kam edi. Bu esa asosiy sabablardan biri bo'ldi.
- Yurtimizda murabbiylar uchun “Pro” licenziyasi uchun kurslarning tashkil etilgani juda yaxshi. Lekin ular diplomni qo'lga kiritgach, kutilgan natijani beryaptimi?
- Aynan eng achchiq tomoni mana shuda. Qo'limizdan kelganicha yangi metodik, yangi qo'llanmalarni o'rgatyapmiz. Xorijdan saviyali instruktorlar kelib dars berishyapti. Lekin murabbiy klubga kelganida rahbarlar etibor bermayapti. Ular natija so'rashga usta, ammo murabbiyning mashg'ulot o'tkazish jarayonini hech kim nazorat qilmayapti. Buning natijasida mashg'ulot usullari borgan sari sustlashib ketyapti. Ilgari futbol o'ynaganimda ertalab 7 yarimdan 9 yarimgacha mashg'ulot o'tkazardik. Buni quvvat to'plash deb atashardi. 10 yarim yoki 11 da bir yarim soatlik jismoniy mashqlarni bajarishga kirishardik. Kunduzi ham mashqlarni davom ettirardik. Kechki payt ikki soat maruza eshitardik. O'sha paytda kuniga 7-8 soat shug'ullanardik. Hozir bo'lsa oshib ketsa uch soat, bo'lmasa bir yarim soat mashg'ulot o'tkazishadi xolos. Bunday jarayonda futbolchilar qanday qilib rivojlanadi? Bunday holatlarda rahbarlarning tutgan poziciyasi bo'lishi kerak. Agar futbol yaxshilanishini istashsa, ko'proq o'tkazish lozim. Agar salbiyligicha qolaverishini xohlashsa, bir yarim soatlik mashg'ulot bilan cheklanib qolaverishadi. “CHelsi” yoki “Arsenal”da milliard mablag'ga ega futbolchilar to'p surishadi. Ular mashg'ulotlarda jiddiy ishlashadi va doim undan keyin shaxsiy murabbiylari bilan trenajyor zalida shug'ullanishadi. Bizda esa bir yarim soatlik mashqdan keyin yotib uxlashadi. Yoki qulog'iga naushnikni taqib musiqa eshitishadi. Ularni dangasa deb atagan bo'lardim.
- Demak, futbolchilarning dangasaligi murabbiylarga bog'liqmi?
- Dangasalik futbolchilarda emas, murabbiylarda bor. Ular futbolchilarga yuklama berishdan qo'rqishyapti. CHunki shunday yo'l tutsa, 5-6 nafar yoshi katta o'yinchilar rahbarga borib, uni yomon murabbiy deb etiroz bildirishadi. Bunday vaziyatda murabbiyda ikkita yo'l bo'ladi. Birinchisi, mashg'ulotlardagi yuklamalarni pasaytirib, futbolchilar xohlagandek o'tkazadi. Ikkinchisi esa kuchaytirilgan tartibda shug'ullanishni davom etishadi va ketadiganlar ketaversin deya qatiy talab qo'yadi. Lekin rahbarlar murabbiylarni qo'llab-quvvatlamayapti. Bizga o'xshagan mutaxassislarni chaqirtirishmaydi. Ularing ish uslublarini nazorat qilishmaydi. Hozir mana shunday yuklamalarni berishdan qaysi murabbiylar qo'rqishmaydi?
Bular – Samvel Babayan bilan Sergey Lushan. To'g'ri, “Bunyodkor”ning natijasi pastlab ketdi. Ammo murabbiy qattiqqo'llik bilan ishlashda davom etmoqda. Babayan esa bu usulni 3-4 yil avval boshlagan. SHuningdek, “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievni ham hurmat qilaman. O'tgan yili eng yaxshi murabbiy sovriniga ega bo'ldi. “Zarafshon” koncert zalida bo'lib o'tgan taqdirlash marosimida u yonimga kelib qo'lga kiritgan sovrinini bu sizniki deb menga bermoqchi bo'ldi. Ammo Ro'ziqulga buning hammasi sening mehnatlaring samarasi deb aytdim. Murabbiy har doim natija ko'rsatishga va yaxshi ishlashga ochko'z bo'lishi kerak. Turnir jadvaliga qarasak, 4-o'ringacha bo'lgan klublarda murabbiylar yaxshi ishlashyapti. Qolgan o'rinlarda yurgan murabbiylarchi? Ular bizni laqqillatishyapti. Hakamlarimiz orasida ham 7-8 tasi yaxshi saviyada. Ammo qolganlari-chi? Axir kelishilgan uchrashuvlar bo'lsa, ular ham qanday o'sadi?
- Oxirgi paytlarda chindan ham kelishilgan o'yinlar haqida ko'p gapirilyapti. Sizningcha, qanday qilib buning oldini olsa bo'ladi?
- Ayrim mamlakatlarda tegishli idora vakillari ularning telefon orqali suhbatlarini kuzatish orqali aniqlashadi. Yoki o'zlarini obdon tekshirishadi. Har bir jamoaning jonkuyar muxlislari bo'lishi kerak. Aynan ular jamoasi oldiga maqsad qo'yib, nimani xohlashayotganini malum qilishi darkor. Bizda doim klublarning muxlislari bor deyishadi. Ular nima qilishadi? Har o'yinda ayrimlari “Dinamo”, “Dinamo” deb baqirishadi, tamom. Har bir o'yindan so'ng murabbiy ham, futbolchilar ham, rahbarlar ham xalqning oldida natija uchun javob berishi lozim. Ana shunda tozalik bo'ladi va ular xalqdan qo'rqadigan bo'lib qoladi. SHuningdek, rotaciya qilish kerak. Nega deganda, 5-10 – o'rindagi jamoalarning ishini o'rganib chiqish lozim.
Agar har yili shunday natija takrorlanaversa, unda o'sha murabbiyni bo'shatib, o'rniga boshqasini tayinlagan maqul. Kerak bo'lsa, xorijdan murabbiy olib kelishsin. Hech kimga quloq solmasdan, natija uchun futbolchilarga yuklama beradigan abjir murabbiylar kerak. Turkiyalik Fotih Terimga o'xshagan murabbiylarimiz bo'lishini istardim. Men aytgandek, uch-to'rtta murabbiy xorijdan kelsa, o'z-o'zidan qing'ir o'yinlar yo'qoladi. Ammo ularni olib kelish uchun mablag' lozim. Homiy qaysidir klub uchun yillik smetasi bo'yicha 8 milliard mablag' ajratib natija 5-o'rin desa bu chatoq. Jamoalar har doim 1-2-o'rinlar uchun kurashadigan bo'lishlari lozim. Hozir katta pullar sarflanyapti, hech kim nazorat qilmayapti. Yuqorida aytganimdek, kuniga kamida besh soat mashg'ulot bo'lishi shart.
- Yoshlar terma jamoasi garchi jahon chempionatiga chiqqan bo'lsa-da, ularing ishtirokiga qanday baho berasiz?
- CHempionatga ketishdan avval futbolchilarga noto'g'ri ko'rsatma berganmiz. Jahon chempionatiga chiqish shart deb vazifa qo'ydik. CHorak finalda Tailanddni yutganimizdan keyin bo'ldi, vazifa bajarildi deya xotirjamlik kirib keldi. Oldin ham mana shunday xatoga yo'l qo'ygandik. Endi uchinchi marta takrorlanishiga yo'l qo'ymaymiz. KXDR ancha aqlli o'ynadi. Yarim finalgacha kuchini saqlab qarshi hujumlar asosida harakat qildi. Yarim finalga kelib to'planib qolgan kuchini ishlatdi.
- Stadionlarda ishqibozlarimizning soni kamayib ketdi. Sizningcha, buning asosiy sababi nima bilan bog'liq?
- Boya bergan savolingizgizga bog'liq. Afsuski, yana kelishilgan o'yinlarga borib taqaladi. Odamlar kechqurun televizor orqali Evropa klublari ishtirokidagi ajoyib o'yinlarini tomosha qilishyapti. Ertasiga “Dinamo” yoki “Buxoro” o'rtasidagi o'yin bo'lishi kerak. Lekin ular yuqori saviyadagi o'yinni ko'rgach bunisini ko'rishni xohlashmaydi. Garchi saviyamiz u qadar kuchli bo'lmasa-da, jamoalar maydonda haqiqiy jang qilishlari kerak. 2012 yili Janubiy Koreyada kelishilgan o'yinlarda qatnashganlar hibsga olindi va 45 nafari tegishli jazoga tortildi. SHundan keyin qolganlar o'ylanib qolishgandi.
- Oliy ligada jamoalar soni nechta bo'lgani yaxshi?
- O'ylashimcha, 14 yoki 16 ta klub bo'lishining katta farqi yo'q. Hozir engil-elpi jamoalar uchta bo'lsa, 16 taga oshirilgach ularning soni ham ortadi.
FIRDAVSXON suhbatlashdi.

Fikrlar