So’nggi yangiliklar

16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга футболдан четлатилди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  0 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  7 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3

Rustam Abdullaev: "Jamoalarning darajasidagi tafovut o'z so'zini aytdi" Yangiliklar

Rustam Abdullaev: "Jamoalarning darajasidagi tafovut o'z so'zini aytdi"

Oliy liganing 3-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Qo'qon-1912" (3:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Rustam Abdullaev ishtirok etdi.

"Nima deyish mumkin? "Nasaf" bu - "Nasaf"! Qarshiliklar OCHLda o'ynaydigan yuqori darajadagi jamoa hisoblanishadi. Ular bugun o'zlarining yuqori mahoratlari evaziga g'alaba qozonishdi. Tajriba o'z so'zini aytdi. "Nasaf" jamoasi ko'p yillardan buyon shakllanib borayotgan kuchli raqib. Jamoalarning darajasidagi tafovut borligi aniq va buni tan olaman. O'yindan oldin ham "Nasaf" bizdan kuchliligini yigitlarga aytib o'tgandim. Futbolda har xil voqealar bo'ladi. Agarda jipslashib harakat qilganimizda, o'z imkoniyatlarimizdan to'liq foydalana olganimizda balki kerakli natijani qo'lga kiritishimiz mumkin edi. Uchrashuvda bitta yaxshiga vaziyat yuzaga kelgandi. O'sha imkoniyatdan Doniyor unumli foydalana olganida, balki o'yin umuman boshqacha bo'larmidi. "Nasaf" gol o'tkazib yuborganida istaydimi-yo'qmi tezkor o'ynardi. Umuman bahs boshqacha kechishi mumkin edi. Ikkinchi turni o'tkazib yuborganimiz ham ozgina bo'lsada jamoaga ruhiy tomonlama bilindi. Lekin buni sabab deb ko'rsata olmayman. Tan olish kerak, "Nasaf" bizdan kuchliroq edi. Birinchi bo'limda ko'pgina vaziyatlarda Baklanov bizni qutqardi. SHu fursatdan foydalanib, "Qo'qon-1912" jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun uzoq yo'l bosib kelgan barcha muxlislarimizga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchi edim", - deya gap boshladi Rustam Abdullaev.

- Siz o'z vaqtida "Nasaf"da to'p tepgansiz. Avvalgi jamoa bilan hozirgi "Nasaf" qanchalik o'zgargan?

- Avvalo mana shu o'tirgan joyimiz, stadionni qarang. Klubni infrastrukturasini qarang. U paytdagi jamoa bilan hozirgisini taqqoslab bo'lmaydi. Qashqadaryoning avvalgi hokimi rahmatli Nuriddin aka Zaynievning xizmatlari katta bo'lgan. Bu mani shaxsiy fikrim. Biz ham havas qilamiz bunaqa narsalarga. Men "Nasaf"da bundan 15 yilcha oldin o'ynagandim. Bu oz fursat emas. Futbol yildan-yilga o'sib bormoqda. Lekin futbolchilarning mahorati bo'yicha bir narsa deya olmayman. Buning uchun hozirgi davrda o'ynab ko'rishim kerak bo'lardi. Lekin bitta kamchilik bu - hujumchilar. Men ham hujumchi bo'lganman. Hujumchi deganini o'zining uslubi bo'lishi shart. Yani qanday, agarda himoyachi bilan yuzma-yuz kelganda uni aldab o'ta olishi lozim. Hujumchi degani "fint" ishlatishni bilishi kerak. 

- Klubning moliyaviy imkoniyatlari qanday?

- Maosh va mukofot pullarini vaqtida olyapmiz. Hammasi joyida. Endi moliyaviy imkoniyatlarimiz "Nasaf", "Bunyodkor", "Paxtakor" yoki "Lokomotiv" klublarinikidek emasku. Lekin hammasi o'z vaqtida bajarilmoqda. Asosiysi etibor juda kuchli. Rahbariyat va mahalliy ishqibozlarning yuqori etiborini alohida takidlab o'tgan bo'lardim. Ikkinchi turda "Paxtakor" bilan o'yinimiz bo'lmadi. Endi "Andijon" bilan bo'ladigan bahsda katta anshlag bo'ladi deb o'ylayman. Qo'qon xalqi katta futbol havosini sog'inib qolishgan.

"Nasaf" FK matbuot xizmati hamkorligida tayyorlandi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика