Rustam Abdullaev: "Muxlislardan uzr so'rayman"
08 avg 2015 21:17
Yangiliklar
Rustam Abdullaev: "Muxlislardan uzr so'rayman"
Oliy liganing 17-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" (4:1) uchrashuvi yakunlanganidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Rustam Abdullaev ishtirok etdi.
"Yutqazish har doim alamli. Muxlislarimizdan uzr so'rayman. Bugun yaxshi o'yin ko'rsata olmadik. Bizda gol urish uchun imkoniyatlar bo'lgandi. Biroq gol ura olmadik. Agarda o'sha vaziyatdan unumli foydalanganimizda o'yin boshqacha kechishi mumkin edi. "Paxtakor" mahorat bobida ancha tajribali va bizdan kuchli. Har holda "Paxtakor" bekorga peshqadam jamoa sanalmaydi. Avvalgi o'yinlarda Nosir Otaqo'ziev gollar urib kelayotgandi. Bugun esa uning omadi kelmadi. Jamoamiz birinchi yil yig'ilgan. Jamoaviy o'yinni o'yindan-o'yinga shakllantirib bormoqdamiz. Futbolchilarda psixologik jihatdan g'oliblik ruhi etishmadi. Bu narsa asta-sekin shakllanib boradi", - deya o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi Rustam Abdullaev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хитойдан енгилди ва мусобақа билан хайрлашди
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
Нани: "Роналдунинг 1000 та гол уриши осон. У бунинг учун керак бўлса энг кучсиз лигага кетади. Унга ҳужжатлаштирилган 1000 та гол керак - Пеле ва Ромарио каби урилган эмас”
Ла Лига. "Реал" ўз майдонида "Леванте"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar