So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  6 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Rustam Abdullaev: "Mag'lubiyatga loyiq emasdik" Yangiliklar

Rustam Abdullaev: "Mag'lubiyatga loyiq emasdik"

Oliy liganing 8-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Qo'qon-1912" (3:1) uchrashuvi yakuniga etgach qo'qonliklar ustozi Rustam Abdullaev klub rasmiy saytiga o'yin haqida qisqacha o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Albatta "Qizilqum"ga g'alaba uchun kelgandik. Afsuski futbolda ko'p narsa bizga bog'liq emasligini bugun guvohi bo'ldik.

- Birinchi navbatda bugungi o'yin uchun yigitlarga rahmat aytaman. Uchrashuvning 75 daqiqasini 10 kishi bo'lib o'tkazish oson emas. Boz ustiga mehmonda o'ynadik. Lekin shunga qaramay futbolchilarim oxirigacha kurashdi va muxlislarimizni xursand qilish uchun ijobiy natija qayd etishga xarakat qildi. 

- O'yinda birinchi bo'lib hisobni ochdik. Ko'rdingiz tanaffusga hisobdagi ustunlikni o'zimizda saqlab qoldik. Afsuski ikkinchi taymda bizga yanada og'ir bo'ldi. Juda ham og'ir. Bu erda men raqibning o'yini kuchayganini nazarda tutmayapman. Buning boshqa sababi bor. Hozir fikrlarimni matbuotda yuzaga chiqarishni istamayman. 

- Bugun mag'lubiyatga loyiq emasdik. SHogirdlarim bilan faxrlanaman. Ularga ishonaman. O'yin paytida va uchrashuv yakuniga etganidan keyin ham navoiylik muxlislar bizni qarsaklar bilan olqishladi. Buning uchun ularga rahmat.

- Bizda uchrashuv video tasmasi bor. Uni yana obdon ko'rib chiqamiz va xatolarimiz ustida ishlaymiz. Nafaqat raqibning o'yinidan kelib chiqib, balki boshqa jihatlar bo'yicha ham ishlashimiz kerakligi ko'rinib qoldi.

- Hakamlar? O'yinni hamma ko'rdi. Hamma o'ziga yarasha xulosa chiqarib oladi. Uchrashuvga PFL hakamlar departamenti bo'limi boshlig'i ham tashrif buyurgan va u kishi ham hakamlarning xarakatlarini kuzatib borgan bo'lsa ajab emas. Referilarga aynan ular baho berishsin - deydi Rustam Rahmonovich.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика