Rustam Abdullaev: “Ikkinchi bo'limda o'yinimiz qovushdi”
25 okt 2015 18:10
Yangiliklar
Rustam Abdullaev: “Ikkinchi bo'limda o'yinimiz qovushdi”
“Qo'qon-1912” – “Metallurg” uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida ikkinchi qismida "Qo'qon-1912" ustozi Rustam Abdullaev qatnashdi.
- Uchrashuv boshida tezkor gol o'tkazib yubordik. Lekin qiyin vaziyatdan chiqib keta oldik. Bugun yigitlar biroz bosim ostida qolib ketishdi. "Metallurg” yaxshi jamoa ekanligini bilardik. O'yin davomida shu ko'rinib turdi. Baxtimizga omadimiz keldi.
- Bugun bir-biriga o'xshamagan ikki bo'limni ko'rdik. Bu borada sizning fikringiz qanday?
- Negadir ikki taym bir xil futbol namoyish eta olmayapmiz. Namanganda ham birinchi bo'limda yaxshi o'ynagandik. Bugun esa ikkinchi bo'limda o'yinimiz qoshuvdi.
- G'alabada muxlislarning hissasi borasida nima deya olasiz?
- Muxlislarimiz bizga doimo katta kuch bag'ishlashmoqda. Bugun ham ularning qullab-quvvatlashlari bizga dalda bo'ldi. Hammani g'alaba bilan tabriklayman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar