So’nggi yangiliklar

01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  0 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  8 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5

Rustam Abdullaev: “Afsuski birgina gol alamli mag'lubiyatga olib keldi” Yangiliklar

Rustam Abdullaev: “Afsuski birgina gol alamli mag'lubiyatga olib keldi”

“Qo'qon-1912” – “Bunyodkor” (0:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Rustam Abdullaev savollarga javob berdi.

- O'yinni ko'rdinglar, yigitlar g'alaba qozonish uchun qo'llaridan kelganicha xarakat qilishdi. Birgina gol afsuski jamoamizni alamli mag'lubiyatga uchratdi. Bizda ham imkoniyatlar bo'ldi. Birinchi bo'limda gol urishga ham erishdik. Ammo qanot hakami o'yindan tashqari xolat ekanligini qayd etdi. Hali bu vaziyatni ko'rib chiqamiz. O'ylashimcha, o'yindan tashqari xolat yo'q edi. Futbolchilarimga rahmat deyman. Ular sidqidildan xarakat qildi. Muxlislardan ketma-ket mag'lubiyatlar uchun uzr so'rayman. Ularni to'g'ri tushunib turibman. Bu bizga sinov ekan. Bundan yaxshi o'tib olishimiz kerak - deya gap boshladi Abdullaev.

- “Qo'qon-1912” ketma-ket mag'lubiyatlardan so'ng turnir jadvalida quyi pog'onalardan biriga tushib ketdi. Bu sizning klubdagi kelgusi faoliyatingizga qanday tasir o'tkazadi?

- Endi peshonada borini ko'ramiz. Bu rahbariyatning qarori. Agarda klubga kerak bo'lsam, qolaman. Aksincha bo'lsa istefoga chiqaman. Qo'qonda mensiz ham klub bo'lgan va bo'lib qoladi. Lekin jamoaga biroz ishonib vaqt berishsa, o'ylaymanki bu inqirozdan chiqib ketadi. 

- Agarda faoliyatingizni davom ettiradigan bo'lsangiz, keyingi rejalar qanday?

- Rejalar yo'q emas. Davralar oralig'ida tarkibda bazi bir o'zgarishlarni amalga oshiramiz. Yig'in davomida shuningdek taktik jihat borasida ham ishlaymiz. Jamoani oliy ligada jon saqlab qolishi uchun emas balki yaxshi o'rinlarni egallash uchun kurashamiz.  

- Muvaffaqiyatsizliklaring sababi nimada deb o'ylaysiz?

- Sababi etarlicha bor. Lekin hozir bu haqda gapirgim yo'q. Bu o'zimizning ichki muammoimiz. 

- Bugun issiq havoda futbol o'ynash har ikki jamoa o'yinchilariga oson bo'lmadi. O'yin vaqtini kechroqqa qo'yishni imkoni bormi? 

- Bu savolga javob bera olmayman. SHahar rahbarlari va klub rahbariyati hal etadi. Menga qolsa, 20:00dan keyin qo'ygan bo'lardim – deydi Rustam Rahmonovich.  

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика