Ruslan Vagapov: "Lokomotiv-BFK" shunday kurashishini kutgandim"
24 may 2018 21:34
Yangiliklar
Ruslan Vagapov: "Lokomotiv-BFK" shunday kurashishini kutgandim"
"Juda qiyin o'yin bo'ldi. "Lokomotiv-BFK" tarkibida yoshlar harakat qilishini hisobga olsak, bugun ular zo'r o'ynashdi. O'yinga ruhiy tomondan yaxshi tayyorgarlik ko'ra olmadik. Bugun raqiblarimizda ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi. So'nggi daqiqalarda esa ular 100 foizlik vaziyatni yo'qqa chiqarishdi. Umuman olganda o'yin yaxshi saviyada o'tdi.
Farruh SHotursunov va Elbek Ravshanovning yo'qligi bilindi. O'yinimiz ularning atrofida qurilmoqda. SHu boisdan ham bugun ko'plab vaziyatlar yarata olmadik. Bugungi o'yindan keyin biz o'z ustimizda yanada ishlashimiz kerakligi ko'rinib qoldi.
Kutgandim, "Lokomotiv-BFK" shunday kurashishini kutgandim. CHunki ularning tarkibida yoshlar ko'p, ular harakatchan bo'lishadi. Umuman olganda menga "Lokomotiv-BFK" yoqdi. Agarda ular mashg'ulotlarda qattiq ishlashsa, yanada yaxshiroq jamoaga aylanishadi", - dedi Vagapov.

Mirjalol Normatov suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar