Ruslan Kachur: Kelgusi yili ham Navbahorda qolmoqchiman
20 avg 2014 16:58
Yangiliklar
Ruslan Kachur: Kelgusi yili ham Navbahorda qolmoqchiman
Davralar oralig'ida jamoamizga taklif etilgan ukrainalik hujumchi Ruslan Kachur qisqa fursat ichida namanganlik muxlislar qalbidan joy olishga ulgurdi.
33 yoshli legioner yangi jamoasi, O'zbekistondan olgan taassurotlari va Navbahor muxlislari borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Navbahorga xush kelibsiz! Ruslan avvalambor yangi jamoangiz Sizda qanday taassurot qoldirganini aytib bersangiz?
- Faqatgina ijobiy fikr bildirishim mumkin. Bu erdagi barcha sharoitlar alo darajada tashkil etilgan. Mehmonxona va barcha sharoitlar manzur bo'ldi.
- Siz avval Mashal ko'rigida bo'lgandingiz. Navbahorga o'tishingiz qanday amalga oshdi?
- Bilasizmi, futbolda bunaqangi holatlar ko'p uchrab turadi. Muborakliklar bilan muzokaralarimiz barbod bo'ldi. SHundan so'ng namanganliklar aloqaga chiqishdi. Jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov taklif bilan murojaat etdi va Navbahor safiga qo'shildim. Bu erda bir nechta nazorat uchrashuvlarida murabbiylar shtabi meni kuzatib, mavsum oxirigacha shartnoma imzolashga qaror qilishdi. Nasib qilsa, ishlarim yaxshi yurishsa, yanagi yil ham ushbu jamoada qolmoqchiman. Navbahorga o'tganimdan xursandman. Mashal esa tarixda qoldi.
- Mashalga qarshi o'yinda muborakliklar darvozasiga ham gol urmoqchimisiz?
- Keling, kelishib olaylik. Mashal o'tmishda qolib ketdi. Bo'lar ish bo'lib o'tdi. Boya aytganimdek namanganliklar bilan birgaligimdan mamnunman. Hozir Mashal to'g'risida o'ylamayapman. Muborakliklar bilan ham taqvimga ko'ra ertami kechmi baribir to'qnashamiz. Ammo, qolgan o'yinlar singari o'sha kuni ham gol urib, jamoa g'alabasiga hissa qo'shmoqchiman. Har bir o'yinda jamoaga foyda keltirishni istayman.
- Nazorat uchrashuvlarining deyarli barchasida maydonni golsiz tark etmaganingizga qaraganda, lochinlarga moslashishga ulgurgan ko'rinasiz…
- Ha, jamoada yig'ilgan futbolchilar juda axil ekan. Yigitlar yaxshi kutib olishdi. Jamoaga hech qanday etiroz bo'lishi mumkin emas. Faqat maydonga chiqib, g'alaba qozonish qoldi xolos. Muxlislarimizni har bir uchrashuvda xursand qilmoqchimiz.
- Namanganlik muxlislar Sizga yoqdimi?
- Bo'lmasamchi! Lokomotiv bilan bellashuvni safarda o'tganiga qaramay namanganlik jamoa jonkuyarlari Toshkentga bizni qo'llab-quvvatlash uchun etib borishdi. Albatta bunday etibor har qanday futbolchiga yoqadi. Navbahorga kelishimdan avval ham eng avvalo klub muxlislarini qandayligiga qiziqqandim. Ularni O'zbekistonda etakchi ekanligiga Buxoro va Lokomotiv bilan kechgan o'yinlarda guvoh bo'ldim. O'zim ham bu erdagi ishqibozlar borasida ancha ijobiy malumotlarga ega bo'ldim.
- Kim bilan do'stlashdingiz?
- Hozircha asosan Yuriy Rijko bilan ko'proq muloqotda bo'lib turibman. U mendan avval bu erga kelganni uchun ko'p malumotlarni undan olib turibman. Asta-sekin qolgan jamoadoshlarim bilan ham munosabatlarimni mustahkamlab boryapman. SHeriklarim bilan ko'p gaplashamiz. To'laqonli moslashib ketish uchun biroz vaqt kerak bo'ladi deb o'ylayman.
- O'zbekiston chempionati to'g'risida fikringiz qanday?
- Hozircha faqat uchta rasmiy uchrashuv o'tkazdim xolos. Hozir aniq bir fikr aytish mushkul. Sababi hali oldinda yana 10 ta raqib bizni kutib turibdi. Mavsum yakunlangach, birinchilik haqida gapirishim mumkin. Lokomotiv musobaqa etakchisi. Temiryo'lchilarga qarshi o'yinda safardan ijobiy natija bilan qaytishni niyat qilgandik. Afsuski, barcha urunishlarimiz zoe ketdi. Lekin, bu bilan hayot to'xtab qolmaydi. Futbolda mag'lubiyatlar ham kuzatiladi. Har doim ham o'ylagan rejangiz amalga oshavermaydi.
- Abdumalik Abdullaev tibbiy ko'rikdan o'ta olmagach, ayni paytda Siz va SHahboz Erkinov jamoada sof hujumchisizlar. Tarkibda raqobat kamligi salbiy tasir ko'rsatmaydimi?
- Yo'q. Har bir uchrashuvda asosiy tarkibdan o'rin olish uchun murabbiylar ishonchini qozonish lozim. +olaversa, murabbiy taktikasi ham hozircha sof bir hujumchi bilan o'ynashdan iborat.
- Jamoaning qaysi chiziqlari kuchaytirilishga muhtoj deb o'ylaysiz?
- Bu savolga javob berolmayman. CHunki klubning ojiz taraflarini ko'rish murabbiyga yaxshi ayon. Vazifami esa berilgan ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdan iborat.
- To'rtta gol urish qanday zavq bag'ishlar ekan?
- Bu faoliyatimdagi dastlabki poker bo'ldi. Albatta bundan juda ham mamnunman. Gollarimni jamoamga g'alaba keltiraganidan xursandman. Bu birinchi navbatda butun jamoaning hissasi orqali amalga oshdi. Sababi barcha yigitlar jon-jahdi bilan mehnat qilishdi. Barchamiz bir jamoa bo'lib harakat qildik. Vaziyatlar yaratib, ularni golga aylantirdik. SHu boisdan bu jamoaviy g'alaba bo'ldi. Birinchi uy uchrashuvimizda zafar quchganimizdan boshim ko'kka etdi. Bunday sermahsul g'alabaga erishganimiz yaxshi bo'ldi. Muxlislarni qo'llab-quvvatlashgani uchun ularga ham tashakkur aytaman.
- Ukrainadagi derbilar qanday bo'ladi?
- U erda ham bir hudud o'rtasidagi jamoalarning o'zaro bellashuvi ham qizg'in va murosasiz kechadi. Bunday ahamiyatga ega o'yinlarga doimo boshqacha tayyorgarlik va munosabat bilan yondoshib kelinadi. Garchi har bir o'yinga o'zingizni tayyorlasangizda derbi maqomidagi bahslarda g'alaba qozonish uchun ikki karra ko'proq mehnat qilish talab etiladi.
- Aleksandr Kablash bilan bir jamoada o'ynagansiz. Ammo, Navbahor murabbiylar shtabi o'yinchiga javob berishni lozim topishdi. Hamyurtingiz bilan birga to'p sura olmasligingizni eshitgach hafsalangiz pir bo'lmadimi?
- Sasha bilan bir emas, hatto ikkita jamoada birga o'ynaganman. Taqdir bizni ikki bor to'qnashtirgan. Uning Navbahorda qolmagani to'g'risidagi savolga javob berolmayman. Bu bosh murabbiyning qarori. U jamoada kimni qolishini hal qiladi. Yana Kablash bilan birga to'p suramanmi yoki yo'qmi, buni vaqt ko'rsatadi. Aytishadiku, er yumaloq deb. U bilan Ukrainada o'ynab, O'zbekistonda Navbahorning ko'rigida uchrashdik. Xudo biladi keyinchalik nima bo'lishini.
- Baxtiyor Ashurmatov haqida qanday fikrdasiz?
- Juda ham yaxshi murabbiy. Ushbu mutaxassis to'g'risida faqat iliq so'zlarni aytishim mukin. U menda ijobiy taassurot qoldirmoqda. Ashurmatovning mashg'ulot jarayonlari ham qiziqarli o'tadi. Nafaqat menga, balki qolgan jamoadoshlarimga ham yaxshi munosabatda bo'lib keladi. Ko'rinib turibdiki, u ajoyib jamoani shakllantirgan. Jamoadagi ahillik birinchi o'rinda murabbiyga bog'liq bo'ladi.
- Oilangiz haqida gapirib bering.
- Ukrainaning CHerkassi shahrida istiqomat qilaman. Ikki nafar farzandim bor: Kirill va Ilya. To'ng'ich o'g'lim Kirill 8 yosh, kenjam Ilya esa 1,5 yoshda.
- Oilangiz Ukrainada qolgan bo'lsa kerak. Ularni ham bu erga olib kelish rejangizda bormi?
- Oila azolarim hozirda Ukrainada. Ularni bu erga ko'chirib kelish men bilan jamoaning o'rtasidagi munosabatlarni qanday rivoj topishiga bog'liq. Agarda O'zbekiston chepmionatida faoliyatimni davom ettiradigan bo'lsam, oilamni ham bu erga chorlashni o'ylab ko'raman. Sababi yaqinlaringizdan uzoqda bo'lish og'ir. Farzandlaringizni baribir sog'inasiz…
- Maksim SHackix haqida avval eshitganmisiz?
- Albatta! To'purar hamyurtingizni bilaman. Ukraina premer-ligasida hamon faoliyat olib bormoqda. Hozirda Goverla jamoasida harakat qilmoqda. SHackix xususida ko'p bor eshitganman.
- O'zbek futbolchilardan yana kimlarni bilasiz?
- To'g'risini aytsam, Maksim SHackixdan tashqari boshqa futbolchilarni tanimayman. U Ukrainada o'zini yaxshi ko'rsatgani uchun barchaga tanilgan.
Javlon Mahmudov suhbatlashdi.

Fikrlar