So’nggi yangiliklar

11:30Мухлислар Уэйн Рунини танқид қилди: "Ажойиб футболчи, аммо ёмон эксперт"  0 10:52"Брентфорд" ўз тарихидаги рекорд қийматли трансферни эълон қилди  0 10:25Sofascore. Мозговой БАА Пролигасидаги дебютидаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 10:23Илёс Зейтуллаев: "Жамоам ғалабага муносиб эди"  3 09:59Виктор Карпенко: "Бунёдкор" хатоларни кечирмаслигини ўйиндан аввал ҳам айтган эдим. Амалда шундай бўлди"  2 09:53Артета: "Олд Траффорд"да ғалаба қозонишимиз муҳим эди"  1 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:47Sofascore. Шомуродов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳо олди?  3 08:13Суперлига. Бугун Хоразмга катта футбол қайтади  12 07:45Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  10 07:10Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда ғалаба голини урди, "Андижон" ва "Сурхон" эса сафарда мағлубиятга учради  1 04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10

Ruslan Ahmedov: "Futbolni aldab bo'lmaydi" Yangiliklar

Ruslan Ahmedov: "Futbolni aldab bo'lmaydi"

Pro-liganing 18-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Xorazm" (4:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- O'yinni ko'rdinglar, 15 daqiqada 3 ta gol bizni "shok" xolatiga tushirib qo'ydi. SHu sababdan ham biz bugungi o'yindan yirik hisobdagi mag'lubiyat bilan qaytayapmiz. Mag'lubiyat uchun barcha aybni o'z zimmamga olaman.

- Darhaqiqat bugungi uchrashuv "Xorazm"ning joriy mavsumdagi eng yirik hisobdagi mag'lubiyati bilan yakunlandi. Nima deb o'ylaysiz, buning asosiy sababi nima?

- Futbolni aldab bo'lmaydi. Mavsum boshida o'zimiz istagan mahoratli futbolchilarni tarkibga jalb eta olmadik. Ikkinchi davrada ham tarkibimizni kuchaytirish borasida yangiliklar bo'lmadi. Aksincha, ayrim futbolchilar jamoamizni tark etishdi.

- O'yin qaydnomasida zaxirada ko'rsatilgan futbolchilar soni oz edi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Takrorlayman, futbolni aldab bo'lmaydi. Bizda hozir jarohatlar va kartochkalar tufayli chiziqlarda muammo yuzaga kelgan. Mag'lubiyat uchun uzr so'rayman va barcha aybni o'z zimmamga olaman.

- "Xorazm" jamoasining kuchli beshlikka kirishi va Superliga uchun kurash olib borishi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Imkoniyat saqlanib turibdi. Biroq, tobora kamayib borayapti. Biz har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

Bunaqangi mag'lubiyatni qabul qilish men uchun og'ir kechadi. Balki keyingi o'yinga boshqa murabbiy jamoani tayyorlashi ham mumkin, ko'ramiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика