So’nggi yangiliklar

13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  0 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  2 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  1 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  3 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  4 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  23 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  33 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  5 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  21 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  8 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  9 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  172

Ruslan Ahmedov: "Futbolchilarning 40%ni almashtirishga to'g'ri keladi" Yangiliklar

Ruslan Ahmedov: "Futbolchilarning 40%ni almashtirishga to'g'ri keladi"

"Dinamo"ga qarshi bahsdan (0:1) so'ng "Xorazm" klubi bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ruslan Ahmedov: "Ko'rdingiz, qo'shib berilgan daqiqalarda gol o'tkazish alamli. Yigitlarga rahmat aytaman, chunki ular bugun borini berishdi. Vaziyatdan kelib chiqib, taktik, jismoniy va ruhiy jihatdan o'yinga yuqori saviyada tayyorgarlik ko'ramn. Jarima maydonchamiz oldida fol qayd etmasligini aytgandim, biroq... Men futbolchini ayblamoqchi emasman, bu shunchaki futbolchilarning saviyasi. Rahbariyat istefo talab qilsa, bunga tayyorman. Balki murabbiyni almashtirish kerakdir.

Ikkinchi davragacha imkon berishsa, futbolchilarning 40%ni almashtirishga to'g'ri keladi. YO uyog'lik yo buyog'lik bo'lish kerak. Hammani oldida uzr so'rayman. Oxirgi o'zgarishni aybim deb hisoblayman, buni qilmasam ham bo'lardi, ammo yigitlarga imkoniyat berish kerak deb o'ylagandim. Afsus, shu o'zgarish tufayli achinarli mag'lubiyatga uchradik.

Imkoniyatlar ikkala jamoada ham teng bo'ldi deb o'ylayman. Kamida durangga haqli edik. "Xorazm"da selekciya bo'yicha xato bo'lgan. Moddiy texnik bazamiz yaxshi bo'lmagani tufayli kuchli futbolchilar bizga o'tmayapti. "Ko'chada qolganlar"ni terishga majbur bo'lyapmiz. Agar rahbariyat mendan istefo so'rasa, bunga tayyorman. Biroq menga ishonishsa, borimni beraman. CHunki o'zim Xorazmda katta bo'lganman.

- Natijani hisobga olmasak, o'yin uchun tayyorlagan taktikangiz o'zini oqladimi?

- Ha, oqladi. CHunki "Dinamo" safida Superliga o'yinchilari bor. Biz ikkinchi raqam bo'lib o'ynadik va qarshi hujumlarga tayanib harakat qildik.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика