Runi - Superliganing yaratilishi haqida: "Rahbarlar ahmoq emas, ularda reja bor"
19 apr 2021 22:33
Yangiliklar
Runi - Superliganing yaratilishi haqida: "Rahbarlar ahmoq emas, ularda reja bor"
"Manchester Yunayted"ning sobiq sardori Ueyn Runi Evropa Superligasining tuzilishi haqida gapirdi.
Qayd etish kerak, turnirda qatnashishga rozilik bergan 12 klubning 6tasi APLdan - "Arsenal", "CHelsi", "Liverpul", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Tottenxem".
"Ushbu klublarni boshqarayotgan rahbarlar ahmoq emas. Kutish kerak. Ularda reja bor.
"Manchester Yunayted"da uzoq vaqt davomida o'ynadim va shu boisdan klub haqida gapirishga haqqim bor. Ayni damda muxlislarning bunga munosabati qanday bo'lishidan xavotirdaman. Ammo barchamiz klubning rivojlanishini istaymiz.
Ular muxlislarni futbolga yanada qiziqtirishmoqchi. Voqealar rivojini kuzatish kerak", - dedi Runi.
Fikrlar