Runi MYU haqida: "Klub Ronaldu, Ramos, Messi yoki Beylni taklif qilishi ham mumkin"
09 iyu 2019 20:20
Yangiliklar


Runi MYU haqida: "Klub Ronaldu, Ramos, Messi yoki Beylni taklif qilishi ham mumkin"
"Manchester Yunayted" sobiq sardori Ueyn Runi mankunianliklar qanday shakllantirilishi kerakligi to'g'risida fikr bildirdi.
Birinchi navbatda Sulsher jamoa yaratishga harakat qilishi lozim. 100 million evrodan qimmat 1 yoki 2 futbolchi jamoaga yordam beradi deb o'ylamayman.
Menimcha, ko'p pul sarflamagan holda, 5-6 salohiyatli futbolchilarni sotib olish maqsadga muvofiq bo'lardi.
SHuningdek, umumiy 350 million funt atorofida bo'lgan Ronaldu, Ramos, Messi yoki Beylni olib kelish ham mumkin. Bular uzog'i bilan ikki mavsum yuqori formada o'ynay oladi. Keyin pul ko'kka sovurilganini his qilasiz. Klub o'yini yosh futbolchilar hisobiga qayta qurilishi kerak va keyin murabbiylar shtabiga o'tiladi", - deydi Runi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar