Runi Mbappeni "Real" yoki MYUga o'tishga undamoqda
20 dek 2022 13:36
Yangiliklar


Runi Mbappeni "Real" yoki MYUga o'tishga undamoqda
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Ueyn Runi Kilian Mbappe nima qilishi kerakligi haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Menimcha, u bu jamoani tark etib, APLga o'tishi kerak. PSJ – katta klub, ammo Kilian Liga 1da hamma narsaga erishdi. Ehtimol, u "Manchester Yunayted" yoki "Real"ga o'tishi kerakdir.
Agar u Messi va Ronaldu darajasiga chiqmoqchi bo'lsa, "Manchester Yunayted" yoki "Real"ga o'tishi kerak, deb hisoblayman", – dedi Runi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar