Runi - "Derbi Kaunti" bosh murabbiyi. U futbolchilik faoliyatini yakunladi
15 jan 2021 19:45
Yangiliklar


Runi - "Derbi Kaunti" bosh murabbiyi. U futbolchilik faoliyatini yakunladi
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi futbolchilik faoliyatini yakunladi va "Derbi Kaunti" bosh murabbiyi etib tayinlandi.
35 yoshli mutaxassis bilan 2,5 yilga shartnoma imzolandi, deya xabar tarqatdi klub rasmiy sayti.
2020 yilning noyabr oyida Fillip Koku jamoani tark etgach, Runi vaqtincha muddatga o'ynovchi-murabbiyga aylangan edi. Klub uning boshqaruvi ostida 9 ta o'yin o'tkazib, 3 g'alaba, 4 durang qayd etdi va 2 ta uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi.
Runi Liam Rosenor, SHey Given va Jastin Uokerdan iborat murabbiylar shtabini saqlab qolishga qaror qilgan.
Angliya terma jamoasining sobiq ustozi Stiv Maklaren "Derbi Kaunti"ning texnik direktori vazifasini bajarishda davom etadi.
"Derbi" chempionshipning ortda qolgan 22 turidan keyin 22-o'rinni egallab turibdi (19 ochko).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar