Rummenigge: "Xoland "Bavariya"ga mos kelishiga ishonchim komil emas"
21 dek 2021 19:20
Yangiliklar
Rummenigge: "Xoland "Bavariya"ga mos kelishiga ishonchim komil emas"
"Bavariya" boshqaruv kengashi sobiq raisi Karl-Xaync Rummenigge Myunxen klubining Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xolandga qiziqishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
"Taktik jihatdan Levandovski “Bavariya”ning o'yiniga 100% mos tushadi. Rostini aytsam, Xoland – ulkan istedod egasi va ajoyib futbolchi, lekin uning o'yin uslubi Levandovski kabi "Bavariya"ga mos kelishiga ishonchim komil emas.
Albatta, yoshda farq bor, klub buni inobatga olishi kerak, biroq men Robertning jismoniy imkoniyatlarini yaxshi bilaman va ishonchim komilki, u hali yana ikki-uch yil davomida yuqori saviyadagi futbolni ko'rsata oladi va ko'plab gollar uradi", – dedi funkcioner.
Fikrlar