Rummenigge nima uchun Tuxel "Bavariya"ga bosh murabbiy bo'lmasligini aytdi
01 apr 2018 11:11
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/417391_original.jpg)
![](/upload/storage/417391_220.jpg)
Rummenigge nima uchun Tuxel "Bavariya"ga bosh murabbiy bo'lmasligini aytdi
"Bavariya" direktorlar kengashi vakili Karl-Xaync Rummenigge murabbiy Tomas Tuxel jamoani boshqarmasligini tasdiqladi.
"Men aprel oyi tugagunicha "Bavariya"ga yangi bosh murabbiy olib kelish borasida ishlamoqdaman. Biz juda xotirjammiz va shoshilmayapmiz. Asosiysi - murabbiy nemischada ravon gaplasha olishi kerak.
Sport direktorimiz Salixamijich bir necha murabbiylar bilan muzokaralar olib bordi, ularning orasida Tuxel ham bo'ldi. Biroq u boshqa jamoa bilan kelishib qo'yganini aytdi. Biz esa buni to'g'ri tushundik", - dedi Rummenigge.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar