Rummenigge: "Germaniyadagilar Rossiya bilan bir guruhga tushmaslikni istashmoqda"
05 dek 2013 13:30
Yangiliklar

Rummenigge: "Germaniyadagilar Rossiya bilan bir guruhga tushmaslikni istashmoqda"
"Bavariya" klubi rahbari Karl-Xaync Rummenigge JCH-2014 qurasidan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"Men Rossiya bilan to'qnash kelishimizni istamasdim. Ayniqsa guruh bosqichida, Rossiya kuchli raqib. Fabio Kapelloda juda katta tajriba bor! Men u bilan "Inter"da o'ynayotganimda tanishganman, so'ngra "Milan", "Real", "Yuventus", "Roma"da murabbiylik qilganini kuzatganman… U Jahon chempionatidan boshqa barcha narsani yutgan! Italyan tilida "in gamba” atamasi bor. Yani aqlli, o'tkir zehnli. U barcha narsani juda yaxshi biladi. O'yin yoki musobaqa davomida nima qilishni oldindan fikrlay oladi.
Rossiyada pley-offga chiqib Germaniya bilan uchrashib qolishi mumkinmi? Ha. Bunga ishonaman. Umuman olganda Germaniyadagilar Rossiyaga qarshi umuman o'ynamaslikni istashmoqda", - deydi Rummenigge "CHempionat.com" muxbiri Igor Rabinerga.

Fikrlar