So’nggi yangiliklar

00:50Арне Слот: "Барқарор ўйин кўрсатаётганимизда ҳам мағлуб бўлдик"  0 00:31Саудия Арабистони. Дубль, иккита қизил, иккита автогол: "Ал Ҳилол"дан иродали ғалаба  0 00:15Лапорта "Камп Ноу" ҳақида: "Бу биздан кейинги авлод учун мерос"  0 23:59Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди, Шомуродовдан мавсумдаги 8-гол  41 23:35Пеп Гвардиола: "Клопп давридаги "Ливерпуль" билан рақобат орқали "Манчестер Сити" ҳам ўсишга эришганди"  0 23:11Александр Хомяков: "Ўйинимиздан қониқдим деб айта олмайман, чунки кўп нарса ўхшамади"  8 22:58Ўзбекистон U17 термаси Ирландияга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  1 22:23Виталий Левченко: "Бундай майдонда ижодкор футбол намойиш эта олмайсиз"  22 22:10Суперлига. "Бухоро" – "Нефтчи" 1:1   2 21:55Миржалол Қосимов: "Ҳозир майдонга чиқиб ундоқ қиламан-бундоқ қиламан деган билан иш битмайди"  2 21:37Лени Йоро "Реал"га эмас, "Манчестер Юнайтед"га ўтганидан афсусланмайди  4 21:12Шерзод Жўраев: "Насаф" билан бошқача ўйин кўрсатгандик, бугун эса бошқа жамоага айланиб қолдик"  12 20:51Испаниянинг Грузия ва Туркияга қарши баҳслар учун қайдномаси маълум қилинди  0 20:20Бенито Муссолинининг чевараси билан тўп тепаётган Жейми Варди Италияда футболдан завқ олмоқда  3 20:01Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди  178

Rufat Akramxo'jaev: “Navkarov, Koshelev va Umurzoqovning foydasi katta bo'lmoqda” Yangiliklar

Rufat Akramxo'jaev: “Navkarov, Koshelev va Umurzoqovning foydasi katta bo'lmoqda”

Joriy mavsum avvalida “NBU-Osiyo”ni qabul qilib olggan yosh murabbiylardan biri Rufat Akramxo'jaev aytish kerakki, qisqa fursat ichida yakdil va kurashchan jamoa tuza oldi.

Yoshlar bilan bir qatorda u o'z vaqtida turli xil terma jamoalarimiz safida o'ynagan ammo jaroxati sababli so'nggi paytlarda hech bir klubda ko'rinish bermayotgan maxoratli o'yinchilarni tarkibga jalb etdi. “Bankirlar” ikkinchi bosqichning 6-turida Zominga safar uyushtirib, qimmatli uch ochko bilan qaytdi. SHu munosabat bilan “NBU-Osiyo” bosh murabbiyidan intervyu oldik. 

- Zomindagi o'yin biz uchun omadli kechdi. Bunday juda xursandman. Albatta yigitlar bilan mazkur uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko'rgandik. SHu bois g'alaba ilinjida safar uyushtirgandik. Natija qoniqarli bo'ldi. Asosiysi qimmatli ochkolarni qo'lga kiritdik – deya gap boshladi Akramxo'jaev. 

- Bunga qadar so'nggi ikki o'yinda g'alaba qozona olmagandik. Safarda “Nasaf-2”ga imkoniyatni boy berib, o'z maydonimizda “Lokomotiv-BFK” bilan durangga imzo chekkandik. SHu bois qanday bo'lmasin, Zomindan uch ochko olmasak bo'lmasdi. 

- Zomindagi maydonning xolati qoniqtirdi. Jamoa ham chakki emas. Yigitlar katta ishtiyoq bilan xarakat qildi. 

- Tajrabali hujumchi Olim Navkarov bilan o'z vaqtida birga o'ynaganmiz. Lekin afsuski u so'nggi 3-4 yilni jaroxati tufayli maydon tashqarisida o'tkazib yuborgandi. Uning yana avvalgidek o'ynab ketishi uchun hozir astoydil ishlayapmiz. Nafaqat o'yin tomondan balki ruhiy jihatdan ishlash kerak. Buni futbolchining o'zi ham yaxshi tushunib turibdi. Navkarovda dangasalik yo'q. U kelajakka ishonch bilan o'z ustida astoydil mexnat qilib kelmoqda. Davralar oralig'ida unga oliy liganing ayrim klublaridan qiziqish ham bo'lgandi. Ammo u keyingi mavsum elitaga qaytmoqchi. O'zingiz ham guvohi bo'layotganingizdek, Olim har bir o'yinni golsiz tark etmayapti.

- Tarkibimizdagi undan tashqari Leonid Koshelev va Muzaffar Umurzoqov singari mahoratli o'yinchilar ham mavjud. Ularni jamoamizga taklif etishdan maqsad, yoshlarni o'stirishdir. Endi-endi katta futbol havosidan bahramand bo'layotgan yigitlar aynan tajribali o'yinchilardan o'rnak oladi. SHu bois mahoratli futbolchilar ham kerak. Nolimayman Navkarov, Koshelev va Umurzoqovning jamoamizga katta yordami tegmoqda. Ular yana oliy ligaga qaytish uchun astoydil ishlamoqda. Bu esa biz murabbiylarni ham quvontiradi. Maqsadimiz oliy ligaga klublariga o'yinchilarni tayyorlash. Mahoratli o'yinchilardan tashqari boshqa yoshlar ham elita klublariga yo'l olsa, bundan albatta xursand bo'lamiz. 

- Keyingi turda bizni jiddiy o'yin kutib turibdi. Aniqrog'i ertaga “Obod” bilan tomoshabop bahs kechadi deb umid qilaman. Raqibimizning oldingi turlardagi o'yinlarini ko'rganman. Menda yaxshi taassurot qoldirgan. Tarkibidagi futbolchilarning aksariyat qismi ilgari “Bunyodkor” yoshlar jamoasida o'ynaganidan xabarim bor. Ularda ahillik o'ta yuqori. Futbolda bu juda muhim sanaladi. Garchi “Obod” ayni damda turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan bo'lsada, biz o'z maydonimizda o'ynaymiz. SHu bois jamoamiz faqat va faqat g'alaba uchun o'ynaydi. Men yoki umuman jamoam hech qachon durang uchun chiqmagan. Har bir raqib bilan o'ynasa bo'ladi. Ertaga ham yigitlarim bor kuchini berib o'ynaydi degan umiddaman. Qolganini vaqt ko'rsatadi. 


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика