So’nggi yangiliklar

16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумга узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  50 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  6 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  9 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  0 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  12 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  11 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  1 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  51 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  14 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1

Rufat Akramxo'jaev: “Ayrim futbolchilarimiz oliy liga klublariga o'tishga yaqin” Yangiliklar

Rufat Akramxo'jaev: “Ayrim futbolchilarimiz oliy liga klublariga o'tishga yaqin”

Birinchi liganing doimiy ishtirokchilaridan biri bo'lgan “NBU-Osiyo” safida bu yil bir qator yoshlar o'zini ko'rsatishga erishdi.

Buning natijasida ayrim o'yinchilarga elita klublaridan jiddiy qiziqish paydo bo'ldi. SHu munosabat bilan “bankirlar” ustozi Rufat Akramxo'jaev bilan suhbatlashganimizda, bu haqda to'xtalib o'tdi.

- Haqiqatdan ham sir emaski, bugungi kunda ayrim futbolchilarimizga oliy liga klublaridan chorlov bo'lmoqda. Bu esa albatta bizni xursand qilmasdan qolmaydi. CHunki futbolchilarimizning elita jamoalaridan o'rin olishi ishimizning samarasi demakdir – deya gap boshladi Akramxo'jaev. 

- Aynan qaysi futbolchilarga taklif bo'lmoqda?

- Abbos Po'latovni “Olmaliq” chaqirdi. Sarvar Safarov esa allaqachon oliy liga debyutanti “Obod” yig'iniga borib qo'shilgan. Mamur Sultonovga esa “Metallurg”dan taklif tushdi. Ular oldin mashg'ulotlarda ishtirok etadi va o'zlarini ijobiy tomondan ko'rsata olsa, shundagina kelasi yil elitada o'ynashi mumkin. Hammasi futbolchilarning o'z qo'lida.  

- Ularning oliy ligada o'ynab ketish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Potenciali yuqori deb bilaman. O'z ustida ishlasa, bemalol o'ynay oladi. Ularning ham elitada o'ynash vaqti keldi, menimcha. Bu borada shogirdlarimga omad tilab qolaman. 

- “NBU-Osiyo”dagi tajribali futbolchilarning taqdiri nima bo'lyapti?

- Tajribali hujumchi Olim Navkarov bilan yarim himoyachi Muzaffar Umurzoqovni nazarda tutayotgan bo'lsangiz, sizga shuni aytishim mumkinki, ular hozircha menga biror klubga o'tish haqida aytishmadi. Balki yanvar oyidan oliy liga klublari qiziqish bildirsa, o'zlarini sinab ko'rar. Axir ular ham elitada hozirgi kunda bemalol o'ynay oladi. 

- Aytingchi shogirdlaringizdan yana kimlar yaqin orada oliy liga klublariga o'tishi mumkin?

- Ulug'bek Boqievning ham bu boradagi imkoniyatini yuqori baholayman. Menimcha ushbu futbolchimiz ham yanvar oyida “So'g'diyona” yoki “Navbahor” yig'iniga borib, o'zini sinab ko'radi. 

- “NBU-Osiyo” yangi mavsumga tayyorgarlikni qachonday boshlaydi?

- Kelasi mavsumga 4 yanvardan hozirlik ko'rishni boshlaymiz. Bilasiz har gal tayyorgarlik poytaxtda davom ettiriladi. 

- Kelgusi mavsumga qanday rejalar tuzib chiqqansiz?

- Hozircha tarkibda kimlarning qolishi yoki xayrlashishi malum emas. Yuqorida aytganimdek, ayrim o'yinchilarimizga oliy liga klublaridan taklif bo'lmoqda. Ularning taqdiri qanday kechishi hozircha qorong'u. SHu bois hozirdan bu haqda aniq bir fikr bildirish qiyin. Lekin tarkibning 50-60 foizini saqlab qolishga xarakat qilamiz. Birinchi liganing “imidji”dan kelib chiqib, iqtidorli yoshlarni tarkibga jalb etmoqchimiz. CHunki bilsangiz kerak “NBU-Osiyo”ning maqsadi – elita klublariga munosib futbolchilarni tayyorlab, etkazib berishdir. 


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.  


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика