Rudi Garsiya: "Roma" CHempionlar ligasi darajasida ekanligini isbotladi"
01 okt 2014 12:27
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/146353_original.jpg)
![](/upload/storage/146353_220.jpg)
Rudi Garsiya: "Roma" CHempionlar ligasi darajasida ekanligini isbotladi"
"Roma" bosh murabiyi Rudi Garsiya "Manchester Siti"ga qarshi kechgan o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Hatto eng og'ir guruhdaligimizga qaramay biz CHempionlar ligasi darajasida ekanligimizni isbotladik va men futbolchilar bilan faxrlanaman. Jamoamizda gol urish uchun yaxshi imkoniyatlar bo'lishi aniq edi. Uchrashuvning oxirgi 10 daqiqasida himoyada o'tirib qoldik, bunga sabab markaziy himoyachilar bir necha haftadan beri o'zgarishlarsiz o'ynashmoqda. "Roma" o'zini yaxshi tomondan ko'rsatganidan xursandman. Bu o'yinda Eshli Koulni ajratib ko'rsatishim mumkin. Ingliz havosiz unga qo'shimcha kuch bergan bo'lsa kerak! U buyuk chempionligini isbotladi" - deydi Garsiya.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" va "Roma" o'rtasidgi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar