"Rubin"dagi selekcioner sifatida amalga oshirgan ishlari, Azmun va O'runov, "Neftchi", "Lokomotiv". Andrey Fyodorov bilan intervyu
22 dek 2020 16:53
Yangiliklar
"Rubin"dagi selekcioner sifatida amalga oshirgan ishlari, Azmun va O'runov, "Neftchi", "Lokomotiv". Andrey Fyodorov bilan intervyu
Andrey Fyodorov "Tatar-inform" saytiga bergan intervyusida qanday qilib selekciya ishlari bilan shug'ullanganligi, O'zbekistonda ishlaganligi va Qozon klubining hozirgi o'yini haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Andrey, siz futbolchilik faoliyatini 2008 yilda tugatgansiz, ammo futbolni butunlay tark etmadingiz...
- Ha, "Rubin"da birinchi chempionlik mavsumi tugaganidan so'ng butsalarimni mixga ilishga qaror qildim. To'g'ri, faoliyatimni davom ettirishim mumkin edi, birinchi liga klublaridan takliflar bo'lgan. Ammo "Rubin" rahbariyati va Qurbon Berdiev bilan suhbatlashganimdan so'ng, menga selekciya bo'limi boshlig'i sifatida klubda qolishni taklif qildi. Gap shundaki, klubda bunga qadar selekciya bo'limi bo'lmaganida, murabbiylar odatda futbolchilarning o'zini ko'rish uchun joylarga borar edilar. Men ushbu taklifni qabul qildim va shu bilan birga murabbiylar oliy maktabida murabbiylik kurslarida o'qidim. 2012 yilda Yuriy O'tqulboev "Rubin" o'rinbosarlar bosh murabbiyi lavozimidan ketganidan so'ng, men bir yil zaxira jamoasi bilan ishladim. Ammo oilaviy sabablarga ko'ra keyingi yil u ishiga qaytdi va 2014 yil fevral oyida klubni tark etdi.
- Selekcioner sifatida faoliyatingizning eng yorqin lahzalari haqida gapirib bering. "Rubin" bilan shartnoma imzolagan futbolchilarni qanday va qaerdan topdingiz?
- Futbol bo'yicha istedodlarning eng katta yarmarkalaridan biri - Franciyaning Tulon shahrida bo'lardi. U erda har yili may oyi oxiri, iyun oyi boshlarida xalqaro turnir tashkil qilinadi. Mazkur turnirga butun dunyodan yoshlar terma jamoalari kelishadi. Xuddi shu musobaqa Ispaniyaning Valensiya shahrida ham o'tkaziladi Nega bunday turnirlar yaxshi: u erga mamlakatlarning asosiy yoshlar jamoalari emas, balki hattoki mutaxassislarga ham ko'rinmaydigan, ammo o'sish imkoniyatiga ega bo'lgan futbolchilar kelishadi. Oleg Nechaev va Marat Kabaev men bilan bir bo'limda ishlardilar, keyinchalik klubda selekcioner lavozimi ham paydo bo'ldi. Agar biz "Rubin" uchun topgan eng yaxshi o'yinchi haqida gapiradigan bo'lsak, bu shubhasiz Serdar Azmun. Marat Kabaev uni birinchi marta 17 yoshida Sankt-Peterburgdagi turnirda ko'rgandi. Biz uni bir yil davomida o'rgandik va natijada Azmun 18 yoshga to'lganida Qozonga ko'chib o'tdi. Agar biz yosh futbolchilar haqida gapiradigan bo'lsak masalan, Salomon Rondon "Rubin" ga etuk futbolchi sifatida kelgandi. Bu bilan biz uni topdik degan fikrdan yiroqman. U "Malaga" da chempionatida o'ynab ko'zga tashlangan edi. Dastlab ular senegallik hujumchi Dame N`doyening o'rnini egallashni xohlashdi, u keyinchalik "Kopengagen" tarkibida CHempionlar Ligasida bizga qarshi o'ynadi, ammo oxir-oqibat u Moskvaning "Lokomotiv" jamoasiga o'tdi. "Rubin" esa Rondon bilan shartnoma imzoladi.
- SHundan so'ng faoliyatingizni O'zbekistonda davom ettirdingizmi?
- Ha, hatto "Rubin" da ishlaganimda ham deyarli har kuni Farg'onaga meni chaqirishardi, aniqrog'i "Neftchi"ga taklif qilishdi. Natijada, 2014 yil may oyida chorlovni qabul qildim va faoliyatimni boshlagan klubga yo'l oldim. Dastlab u u erda maslahatchi murabbiy, keyin esa bosh murabbiy sifatida ishladim. Aynan o'sha paytda men Pro licenziyasini olganman. Men Rossiyada o'qiganim sabab rasman bosh murabbiy sifatida jamoani boshqarishi mumkin edi. 2018 yilning shu yilning avgustigacha Toshkentning "Lokomotiv" jamoasiga ustozlik qildim.
- Oston O'runovga ayni paytda "Rubin" qiziqmoqda. Uni "Lokomotiv"dagi faoliyatingiz orqali taniysizmi?
- Yo'q, u jamoaga mening boshqaruvimda kelgani yo'q. Lekin men bu futbolchining imkoniyatlarini yaxshi bilaman, shuning uchun uni undan ham oldinroq, Namangandan "Navbahor" bilan o'ynaganida payqadim. Mening fikrimcha, u o'zining eng yaxshi fazilatlarini himoya yarim himoyada emas, balki hujumchi ortida namoyish etadi, O'runov bu poziciyada yaxshi o'ynay oladi. Maydon markazida yagona o'yinchi sifatida emas, balki kimdir bilandir juftlikda natija keltira oladi. Menimcha, agar O'runov "Rubin"ga o'tsa , u holda SHatov yoki Xvan bilan asosiy tarkibga kirish uchun raqobatlashadi. Oston to'p bilan yaxshi muomala qilish bilan birga kuchli driblingga ega. U jamoaga foyda keltirishi mumkin deb o'ylayman.
- "Rubin"ning o'yinlarini ko'rib turasizmi?
- Ha, "Rubin" ishtirokidagi o'yinlarni tez-tez ko'rib turaman. "Lokomotiv" bilan so'nggi o'yinni tomosha qildim. Men uni stadionda "Rubin" ning boshqa sobiq futbolchisi Andrey Konovalov bilan birga kuzatdim. Agar o'sha o'yin haqida gapiradigan bo'lsak, Andrey va men bu "Rubin"ning o'yini degan xulosaga keldik. Ammo, Qozon klubi o'yinni raqibga o'zi berib qo'ydi. Leonid Slutskiy bu xatolar o'yini ekanligini to'g'ri takidladi. Axir, o'sha vaziyatda Makarov gol urishi kerak edi, keyin ham yaxshi imkoniyatlar yuzaga keldi. Agar hisob 2: 1 hisobida o'yin "Rubin" foydasiga hal bo'lganida, Qozon qarshi hujumda ustunlikga ega chiqishi mumkin edi. Umuman, shuni takidlash mumkinki, endi "Rubin" to'pni ko'proq nazorat qilmoqda, futbol ko'proq kombinaciyalar orqali tashkilashtirilmoqda.
- Ha, lekin boshqa tomondan, pozicion hujum hozirgi "Rubin"ning eng kuchli tomoni emas. Slutskiy jamoasi qarshi hujumda yaxshi harakat qiladi , ammo bazida ular pozicion hujumda to'p bilan nima qilishni bilmaydilar...
- Bu nafaqat "Rubin"ning, balki butun Rossiya futbolining kamchiligi. Hozirgi kunda ko'plab jamoalar himoyadan o'ynashadi. Masalan, "Ximki", men klubga yaqin atrofda yashayman va deyarli har bir uy o'yinini to'g'ridan-to'g'ri tomosha qilaman, ularda stadionga kirishga ruxsat berildi. Jamoani Igor CHerevchenko boshqarganidan so'ng, ularning o'yini bizga 2003 yilgi "Rubin" ni eslatdi. Ular 17 yil oldingi kabi uchta markaziy himoyachilar bilan o'ynashadi. Umuman olganda, ularda beshta himoyachi bor, qattiq o'yin intizomi, yaxshi qarshi hujum samarasi o'laroq natijalar yaxshilanib boradi.
- "Rubin" ning sobiq markaziy himoyachisi sifatida Qozon klubining hozirgi tarkibidagi futbolchilarning o'yinlari haqida nima deya olasiz?
- "Rubin" ning hozirgi himoyasini tanqid qilmoqchi emasman. Jamoaga Navas singari tajribali markaziy himoyachi etishmayapti deyishim mumkin. Oldingi davrni olsak ham: o'sha Sorokin va Navas juftligi ajoyib o'ynagan. Navas ketganidan keyin Sorokin va Uremovich juftligi dastlab yaxshi ko'rinishga ega edi va mening fikrimcha, aynan Egor avval Xorvatga katta yordam bergan. Ammo keyin Sorokin qaysidir o'yinda bitta qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va shundan so'ng u ishonchini yo'qotdi. Agar hozirgi "Rubin" haqida gapiradigan bo'lsak, unda men klub himoyachilarini tanqid qilmayman. SHuni unutmangki, zamonaviy futbolda butun jamoa hujum qiladi va himoyalanadi. "Rubin" jiddiy muammolarni hal qilishi uchun kuchliroq futbolchilarni qo'shib olishi kerak.
- "Rubin" hozirgi holatida ushbu mavsum oxirida evrokuboklarda qatnashishga qodirmi?
- Joriy mavsumda Rossiya Premer ligasining aksariyat klublari o'yin bo'yicha barqarorlikka ega emaslar. Muammo shundaki, hozirgi "Rubin" optimal tarkibda juda kam o'yin o'tkazdi. Bir xil tarkib o'ynayverdi. Bu ham jamoaning barqaror o'yinay olmasligining sabablaridan biridir. Yana bir narsa: Qozon klubi etakchi jamoalarga qarshi juda yaxshi o'yin namoyish etadi va ko'pincha turnir jadvalining quyi qismidagi jamoalar bilan o'yinlarda omadi kelmaydi. Ko'rinib turibdiki, futbolchilarning o'zi ruhiy jihatdan raqiblarni kuchsiz va kuchli deb ajratishadi. Muammo shunda. Ruhiyat bo'yicha "Rubin" ko'proq ishlashi zarur. Biroq, bu nafaqat "Rubin" ga, balki boshqa RPL jamoalariga ham tegishlidir.
Abdulaziz Iskandarov tarjima qildi.
Fikrlar