So’nggi yangiliklar

01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  3 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  3 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  0 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  0 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  2 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  6 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  4 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  7 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  5 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  14 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0

Rubin Xebayga Turkiyaning birdaniga uchta klubi qiziqyapti Yangiliklar

Rubin Xebayga Turkiyaning birdaniga uchta klubi qiziqyapti

Superligada 10 ta gol bilan to'purarlar orasida borayotgan va joriy mavsumda chempionatimizning kashfiyot legionerlaridan biri sifatida tilga olinayotgan "Andijon"ning albaniyalik hujumchisi Rubin Xebayga chet eldan qiziqish bo'lmoqda.

Jumladan, Turkiya Superligasida ishtirok etayotgan “Ankaragyudjyu”, “Rizespor” hamda “Alanyaspor” klublari Xebay xizmatlariga qiziqish bildiryapti. Turklar masala bo'yicha “Andijon” klubi bosh direktoriga aloqaga chiqishgan va taklif qilingan transfer summasi “Andijon” klubi tomonidan Xebaydek to'purarga munosib emas, deb hisoblangan. Malumot uchun, Turkiyada transfer oynasi 15 sentyabrda yopiladi. 

Yuqorida nomlari keltirilgan uchala klub nomidan ish yuritayotgan turkiyalik agentlarning olib borayotgan muzokaralari qanday yakun topishini yaqin kunlarda bilib olamiz.

Malumki, Rubin Xebay “Andijon”ga joriy yil qishki transfer oynasining so'nggi kunida qo'shilgan bo'lib, 2 yillik shartnoma imzolangan. Qizig'i, andijonliklarga futbolchini Turkiyaning boshqa bir klubi -  “Antalyaspor” menejerlari taklif qilgan. 

Eslatib o'tamiz, albaniyalik legionerning “Andijon” bilan shartnomasi 2024 yilning oxiriga qadar amal qiladi. 

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика