"Rubin" futbolchisida koronavirus aniqlandi
18 may 2020 16:48
Yangiliklar
"Rubin" futbolchisida koronavirus aniqlandi
"Rubin" himoyachisi Konstantin Plievning koronavirus uchun topshirgan testi ijobiy chiqdi.
Bu haqda Qozon klubining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ayni paytda 23 yoshli futbolchi o'zini yaxshi his qilmoqda va u apreldan beri izolyaciyada bo'lgan Vladikavkazda shifokorlar nazoratida bo'lib turibdi. Qayd etish kerakki, futbolchi jamoadagi sheriklari bilan aloqa qilmagan.
"Konstantinga tez orada tuzalishini tilaymiz", - deyiladi "Rubin" xabarida.
Oldinroq, Tatariston rahbariyati mashg'ulotlar uchun cheklovlarni olib tashlagan va bu orqali "Rubin" bazaga qaytish imkoniyatiga ega bo'lgan edi.
Konstantin Pliev joriy mavsum RPLda 12ta o'yinda maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar