Ruben Amorim: "Musiqa tanlashda futbolchilardan ko'ra tabim yaxshiroq"
20 okt 00:36
Yangiliklar
Ruben Amorim: "Musiqa tanlashda futbolchilardan ko'ra tabim yaxshiroq"
"Menimcha bu "Manchester Yunayted"dagi eng katta g'alabam bo'ldi. Bu bugun ko'p narsalarni anglatishi kerak, ertaga esa yo'q. Ajoyib uch ochko va g'alaba.
Har bir o'yinda kurashyapmiz, biroq ikkinchi bo'limda o'zimizni yo'qotib qo'ymoqdamiz. Eng asosiysi - jamoada ruh bor. Bugun zo'r kun bo'ldi, endi "Brayton" haqida o'ylash kerak. Albatta, bu tundan zavq olaman, lekin keyingi bahsga ham etibor berish kerak.
Shunchaki o'yinni taxlil qildik va standartlar bu o'yinda asosiy qurolimiz bo'lishi kerakligini bilardik. Chunki o'yin boshidanoq biz tajribali futbolchilarni maydonga tashladik. Qachonki biz yuqoridan pressing qilsak, raqib to'p yo'qotayotganini his qildik.
Bu g'alaba bizga ishonch taqdim qiladi. Muxlislar bu xursandchilikka haqli edilar. Endi esa kelajakka yuzlanish kerak.
Maguayr bugun biz uchun katta ish qildi. U jamoadagi istalgan futbolchi uchun namuna bo'lishi va o'z tajribasi bilan boshqalarga ham yordam berishi kerak.
Futbolchilarning xursand bo'lyotganini ko'rsam men ham xursand bo'laman. Biroq ularning kiyim almashtirish xonasida qo'ygan musiqasi juda yomon edi. Mening musiqadagi tabim ularnikidan yaxshiroq", - dedi Amorim.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?
Fikrlar