RPL translyaciyasini qo'lga kiritgan davlatlar orasida O'zbekiston ham bor!
19 iyu 2020 20:25
Yangiliklar


RPL translyaciyasini qo'lga kiritgan davlatlar orasida O'zbekiston ham bor!
Sport24 manbasiga ko'ra, RPL o'yinlari Sobiq Ittifoqning bir nechta davlatlarida translyaciya qilinadi.
Jumladan, ular qatorida O'zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston va Ukraina borligi xabar qilingan.
Manbaga ko'ra, chempionat restartidan o'rin olgan o'yinlarni birinchi bo'lib Qozog'istonning Q SPORT kanali ko'rsatadi.
Qayd etilishicha, musobaqaning televizion huquqini Ispaniya, Kipr va Bolqon mamlakatlari ham qo'lga kiritgan.
P.S. Rossiya chempionatini O'zbekistonning qaysi kanali namoyish etishini yaqin orada xabar beramiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar